Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 80-yubiley sessiyasidagi nutqi mazmun-mohiyati yetkazildi
Bugun “Hidoya” o‘rta maxsus islom islom ta’lim muassasasi talabalari uchun yurtimiz hayotidagi muhim siyosiy voqeaga oid ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida so‘zlagan nutqi talabalarga yetkazildi. Tadbir ta’lim muassasasi direktori boshchiligida bo‘lib o‘tdi. Unda barcha kurs talabalari, ustozlar va xodimlar ishtirok etdi. Prezidentimizning BMT minbaridanso‘zlagan nutqi orqali dunyo hamjamiyatiga bildirilganyuksak g‘oyalar,







O‘zbekistonning tashqi siyosiy yo‘nalishlari, xalqaro munosabatlarda tutgan o‘rni hamda milliy manfaatlarimizni ifoda etuvchi muhim jihatlar talabalarga yetkazildi. Shuningdek, unda barqaror taraqqiyot, tinchlik va xavfsizlik, yoshlar tarbiyasi hamda ijtimoiy adolat kabi global masalalarga oid fikrlar alohida ta’kidlandi.









Nutq yakunlanganidan so‘ng ta’lim muassasasidirektori, Q.Mirzabayev ma’ruza qilib, davlatimiz rahbarining xalqaro maydondagi chiqishining mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritdi. Ta’limmuassasasi direktori o‘z nutqida Prezidentimizning BMT minbaridan ilgari surgan g‘oyalari nafaqat O‘zbekiston, balki butun musulmon olami va jahon xalqlari uchun dolzarb ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Tadbir davomida talabalarda yurtimizning xalqaro nufuzini anglash, davlat rahbari tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni hayotga tadbiq etishda faol bo‘lish ruhiyati mustahkamlandi.
Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati