Fiqhiy qoida sharhi
"القاعدة: «أن خروج النجاسة مؤثر في زوال الطهارة»"
Qoida: “Najosatni chiqishi tahoratni ketishiga taʼsir oʻtkazadi”.
Ushbu qoidaning ma'nosi va madluli quyidagicha
Imom Samarqandiy aytadilar: Bilingki, poklik namozning to‘g‘ri bo‘lishining shartidir va u ikki xildir:
Haqiqiy va hukmiy.
Haqiqiy poklik haqiqatdagi nopoklikdan poklik bo'lib, u uch xil bo'ladi: badan pokligi, makon pokligi va kiyimning pokligi.
Hukmiy poklik hukmiy najosatdan poklik bo‘lib, u ikki xil boʻladi: tahorat va gʻusl.
Bu qoida shuni ko'rsatadiki, inson tanasidagi ikki najosat yo'lidan boshqa joydan najosat chiqsa va oqsa tahorat buziladi. Bu qoidaning dalili: Alloh taoloning: “Yoki sizlardan biringiz gʻoit (hojatxona)dan kelsa (tahorat qilsin)” degan oyati karimasidir.
Hadisdan dali Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Kimki namozida qussa yoki burni qonasa, namozdan burilsin, tahorat olib namozini davom ettiraversin agar gapirmagan boʻlsa”. (Ibni Moja)
Oyat va hadisdan dalil olishi koʻrinishi: Bu oyatdan xulosa qilish mumkinki, ikki yoʻldan chiqqan narsa najosat bo‘lgani uchun va inson tanasidan chiqqani uchun tahoratni sindiruvchi sanaladi. Xuddi shunday, boshqa yo'llardan najosatni oqishi bilan ham tahorat buziladi.
Ushbu qoidaga misollar:
Imom al-Marg‘inoniy rahimahulloh: “Bizning fikrimizcha, qon va yiring tanadan chiqib, poklanish hukmi lozim bo‘lgan joydan tashqariga chiqsa, tahoratni buzadi, va shuningdek ogʻiz toʻla qusish ham tahoratni sindiradi”.
Yana bir misol:Yaraning qonini paxta bilan artsa vaholanki, agar shu yarani artmaganda undan qon oqib chiqadigan boʻlsa, yoki qurigunicha tuproq sepsa va shu tuproq qonni tortib olsa ikkinchi va uchinchi marta shunday qilsa, tahorat buziladi.
Yana bir misol: Kindikdan sariq suyuqlik chiqib oqsa, tahoratni buzadi, chunki pishib, sarg‘ayib, suyuq bo‘lib qolgan qon hisoblanadi.
Ismoilov Akramxon
Ta'lim muassasasi oʻqituvchisi