Ummaviylar davrida pochta xizmati rivojlanishi
Umaviylar davridagi pochta aloqasi: Umaviylar davlati tashkil topganda Muoviya bin Abi Sufyon pochta boʻlimiga bir necha ixtisosliklarni joriy qildi. Ulardan eng muhimi barcha davlat ishlarini nazorat qilish edi. Shunday qilib, Muoviya Islomda bu normalarga asoslangan pochta tizimini birinchi boʻlib joriy qilgan shaxsga aylandilar. Pochtani boshqarish muhr devon tashkil etildi va bu maqsadda Rim va Forsdan ishchilar keltirildi.
Valid ibn Abdulmalik davrida pochta tarmogʻi yanada kengaydi. Uni koʻp sonli ot va tuyalar bilan taʼminlab, barcha hududlarda buning uchun bekatlar oʻrnatdi. Uning hukmronligi davrida pochtaning ahamiyati shunchalik o‘sdiki, masjidlarning devorlarini qoplash uchun Konstantinopoldan Damashqgacha jonivorlarining yelkasiga mozaikalarni ortib olib keldi. U Makka, Madina va Quddusdagi masjidlari devorlariga ham ishlatildi.
Umar ibn Abdulaziz ham pochta xizmatini rivojlantirishga e’tibor qaratgan. Pochta olib o‘tiladigan barcha yo‘llarda bekatlar va mehmonxonalar qurdirdi. Hayvonlar uchun sug‘orish havzalari va yem-xashak omborlari joriy qildi. Umar ibn Abdulaziz rohimahulloh juda qattiq taqvo qilar edilar. U zot pochtada faqat musulmonlar hojati uchungina narsa tashitar edilar. Chunki pochta davlat xizmati uchun xoslangan edi. Bir kuni o‘z ishchilariga asal sotib olishni va uni olib kelishda pochta xizmatidan biror narsa aralashtirilmasligini buyurdilar. Xodimlari esa uni pochta xizmati orqali berdirib yubordi. Asal yetib kelganda: “Uni nimada olib keldilar?” Deb so‘radilar. Shunda: “Pochta xizmati yordamida”, deb javob berishdi. Bu javobni eshitgan Umar ibn Abdulaziz asalni sotishga, undan tushgan mablag‘ni esa baytul molga o‘tkazishga buyurdilar va: “Asalingni bizga fosid qilding”, dedilar.
Isoqjanov Muhammadibrohim
ta'lim muassasasi o'qituvchisi