Ilm olish fazilati
Ilm inson uchun dunyo va oxiratda sharafdir. Ilm o'rganish borasida Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamdan shunday hadis rivoyat qilinadi.
وَعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرِو أَنَّ رَسُولَ اللهِ ﷺ مَرَّ بِمَجْلِسَيْنِ فِي مَسْجِدِهِ فَقَالَ: كِلَاهُمَا عَلَى خَيْرٍ وَأَحَدُهُمَا أَفْضَلُ مِنْ صَاحِبِهِ أَمَّا هَؤُلَاءِ فَيَدْعُونَ اللَّهَ وَيَرْغَبُونَ إِلَيْهِ فَإِنْ شَاءَ أَعْطَاهُمْ وَإِنْ شَاءَ مَنَعَهُمْ وَأَمَّا هَؤُلَاءِ فَيَتَعَلَّمُونَ الْفِقْهَ أَوِ الْعِلْمَ وَيُعَلِّمُونَ الْجَاهِلَ فَهُمْ أَفْضَلُ وَإِنَّمَا بُعِثْتُ مُعَلِّمًا» ، ثُمَّ جَلَسَ فِيهِمْ. رَوَاهُ الدَّارِمِيُّ.
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjiddagi ikki majlisning oldidan o‘tdilar. Shunda dedilar:
“Ikkalasi ham yaxshilik ustidadir, biroq ularning biri boshqasidan afzalroqdir. Bular — Alloh taologa duo qilib, Unga rag‘bat qilayotganlardir. Agar Alloh xohlasa, ularga beradi, xohlasa, man qiladi. Ular esa fiqh yoki ilmni o‘rganmoqdalar va bilmaganlarga o‘rgatmoqdalar. Ular afzaldirlar. Albatta, men muallim etib yuborilganman”, — dedilar». So‘ngra u zot ularga qo‘shilib o‘tirdilar.
(Imom Dorimiy rivoyat qilgan).
Ismoilov Sharifjon
ta'lim muassasasi 2-kurs talabasi