Яратилиш санаси 18.10.2021

“Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtida “SAYLOV 2021 kelajak xalq tanloviga bog’liq!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Joriy 2021 yil 18-oktyabr kuni bilim yurtida  o’qituvchi va talabalari ishtirokida  “SAYLOV 2021 kelajak xalq tanloviga bog’liq!”  mavzusida  davra suhbati o‘tkazildi. 

Tadbirni bilim yurti ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha mudir o‘rinbosari Rivojiddin Nasritinov  ochib, bugungi tashkil etilgan tadbirni  maqsadi va mazmun mohiyati haqida so‘z yuritib, kun tartibidagi masala yuzasidan so‘zni Namangan  Muxandislik texnalogiyalar instituti o’qituvchisi tarix fanlar nomzodi dotsent Zafarjon Yusupovga  berdi. 

Notiq o’z so’zida quyidagilarni eslatib o’tib Saylov jarayonlarining boshlanishini e’lon qilish va uni o‘tkazilishini ta’minlash hamma davlatlarda Konstitutsiya va qonunlar bilan belgilanadi. Bu esa o‘z-o‘zidan uning ishtirokchilarini huquqiy jihatdan ta’minlanishini bildiradi. Dunyoning barcha mamlakatlarida saylovlarni o‘tkazilishida uning ishtirokchilarini huquqiy jihatdan ta’minlanish prinsipini to‘g‘ri amalga oshirilishi mamlakat rivojining garovi bo‘lib xizmat qiladi. Buning uchun nomzod va saylovchi o‘rtasidagi munosabatlarning demokratiyaviyligi muhim ahamiyat kasb etadi. Har ikki tomon uchun ham Konstitutsiyada teng imkoniyatlar va o‘zlarini namoyon etishi belgilangan bo‘lishi lozim.

Saylov jarayonlarida, uning ishtirokchilarini huquqiy jihatdan ta’minlanish prinsipini amaliyoti uchun mamlakatimizda yetarli shart-sharoitlar mavjud. Demoqchimanki, saylov jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan barcha holatlar qonunchiligimiz bilan belgilab qo‘yilgan. Unda har bir saylovchi, nomzod va kuzatuvchilarning huquqlari hamda majburiyatlari aniq belgilangan bo‘lib, ularga erkin faoliyat yuritishlari uchun imkoniyatlar yaratiladi. Saylov huquqi fuqarolarning davlat boshqaruvidagi faolligi hisoblanadi. Saylov jarayonlarida, uning ishtirokchilarini huquqiy jihatdan ta’minlanish prinsipi muddatidan oldin ovoz berishda ham ko‘zga tashlanadi. Muddatidan oldin ovoz berish saylovga o‘n kun qolganda boshlanadi va saylovga uch kun qolganida tugallanadi. Muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi va saylovchilarning, kuzatuvchilarning e’tiboriga ommaviy axborot vositalari orqali etkaziladi. Uchastka saylov komissiyalari saylov uchastkasidagi saylovchilar umumiy sonining besh foizi miqdorida saylov byulletenlarini hamda konvertlarni okrug saylov komissiyalaridan muddatidan oldin ovoz berish boshlanishiga kamida uch kun qolganida oladilar. Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida bo‘la olmasligining sabablari (ta’til, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosida tegishli uchastka saylov komissiyasidan saylov byulletenini va konvertni oladi 

Saylov byulleteni maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida saylovchi tomonidan mustaqil qaror qabul qilishi orqali o‘zi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga «+» yoki «√» yoxud «x» belgisini qo‘yib to‘ldiriladi. Saylovchi to‘ldirilgan saylov byulletenini konvertga soladi va elimlab yopadi. Saylovchi to‘ldirilgan saylov byulletenini yopiq konvertda uchastka saylov komissiyasi a’zosiga topshiradi.

Uchastka saylov komissiyasining ikki nafar a’zosi saylovchi hozirligida konvertning yopiqligini tekshiradi va konvertning elimlangan joyiga uchastka saylov komissiyasining ikki nafar a’zosining imzolari qo‘yilib, ular komissiyaning muhri bilan tasdiqlanadi. Konvert tegishli uchastka saylov komissiyasining seyfida saqlanadi. 2021 yilgi Prezidentlik saylovi jarayonida ham saylovchilarning saylov jarayonlarida, huquqiy jihatdan ta’minlanish prinsipi amal qilishi belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021 yil 5 oktyabrdagi 1142-sonli qaroriga asosan muddatidan oldin ovoz berish 14-20 oktyabr kunlari deb belgilandi. SHu kunlarda saylovchilar o‘zlarining saylov huquqlarini ertalabki 9-00 dan kechki 19-00 gacha amalga oshirishlari mumkin.

Saylov qonunchiligida muddatidan oldin ovoz berish xorijiy davlatlardagi fuqarolarimiz uchun alohida tartibda amalga oshiriladi. Saylov kodeksiga kiritilgan to‘ldirishga ko‘ra, xorijda yashab, mehnat qilayotgan fuqarolarimiz, muddatidan oldin ovoz berishni o‘z turgan joylarida amalga oshiradilar.

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 561-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonasi huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning turgan joyida muddatidan oldin ovoz berish vaqti hamda joyi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Bu haqda saylovchilarni, kuzatuvchilarni ommaviy axborot vositalari orqali xabardor etadi. Markaziy saylov komissiyasining muddatidan oldin ovoz berishni tartibga solish uchun qabul qilgan 1142-sonli qarori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinib, xorijda tashkil etilgan saylov uchastkalari va saylovchi fuqarolarimizga etkazilmoqda. 

Bilim yurti matbuot xizmati