Яратилиш санаси 06.12.2025

“Konstitutsiya – adolat mezoni”

 

2025-yil 5-dekabr kuni O‘zbekiston RespublikasiKonstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligimunosabati bilan “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida “Konstitutsiya – adolat mezoni” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbirdata’lim muassasasining o‘qituvchilari, xodimlari, talabalari hamda Namangan muxandislik-iqtisodiyot instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi, Tarix fanlari nomzodi, dotsent Zafarjon Yusupovishtirok etdi.

Tadbir davlat madhiyasi bilan boshlanibishtirokchilarga omadlar tilab o‘tildi. Ushbu tadbirnita’lim muassasasining o‘qituvchisi Shermatov Azimjonolib bordi.

Tadbirda O‘MIning Namangan viloyati vakilligihuquqshunosi Toxirjon Tadjialiyev tadbirda hakamlar hay’ati raisi sifatida ishtirok etdi va so‘zga chiqib, Konstitutsiyaning ahamiyati haqida so‘z yuritdi. U o‘zso‘zida Konstitutsiyaga kiritilgan yangiliklar, jumladan, uning 6 bo‘lim, 27 bob va 155 moddadaniborat ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish borasidagitaklif va mulohazalarni ham bildirib o‘tdi.

Ko‘rik-tanlovda ta’lim muassasasining har birguruh talabalaridan vakillar qatnashib, jami 4 nafarishtirokchi ishtirok etdi. Tanlov quyidagi 3 shartasosida o‘tkazildi:

1. Tanishtiruv: Ishtirokchilar o‘zlari tayyorlaganshior, timsol, ko‘krak nishonlari haqida ma’lumotberib, ta’lim muassasasi haqida qisqa monolog, sahnako‘rinishi yoki videorolik shaklida taqdimoto‘tkazdilar.

2. Qo‘l mehnati va huquqiy ko‘rgazmalar: Ishtirokchilar o‘zlari tayyorlagan qo‘l ishlari orqalihuquqiy ko‘rgazmalarni tushuntirib berdilar.

3. Siyosiy-huquqiy bilimlar bellashuvi: Ishtirokchilarga tayyorlangan savollar berilib, ulargajavob berish uchun 1 daqiqa tayyorgarlik va 1 daqiqajavob berish vaqti ajratildi.

Tanlovda ta’lim muassasasi ustozlaridan iboratbo‘lgan hakamlar hay’ati ishtirokchilarni baholab, g‘oliblarni aniqladilar.

 

Natijalarga ko‘ra “Konstitutsiya – adolatmezoni” tanlovi bo‘yicha

1-o‘rinni 4-kurs Turon qalqonlari jamoasi, 2-o‘rinni3-kurs Muvozanat jamoasi, 3-o‘rin 1-kursHuquqshunoslar jamoasi egalladi.

 

Familiya va ismi

Kurs

1-shart

2-shart

3-shart

 

Umumiy ball

 

 

 

 

Qo‘l mehnati,ko‘rgazma

Shiori, timsoli va ko‘krak nishoni

Siyosiy-huquqiy sohadagi bilimlar

 

1-o‘rin

Turon qalqonlari

4-kurs

19

20

19

58

2-o‘rin

Muvozanat

3-kurs

18

18

18

54

3-o‘rin

Huquqshunoslar

1-kurs

19

18

15

52

4-o‘rin

Adolat

2-kurs

18

16

17

51

 

Tadbir so‘ngida ta’lim muassasasi ma’naviy-marifiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosariRivojiddin domla Nasriddinov g‘oliblarni qimmatbahosovg‘alar bilan taqdirladi hamda tadbirni tashkiletganlar va ishtirok etganlarga o‘z minnatdorchiliginibildirdi. U o‘z nutqida kelgusida ham bundaytadbirlarni muntazam o‘tkazib borish muhimliginiqayd etdi.

 Ta’lim muassasasi Matbuot xizmati