Яратилиш санаси 24.12.2025

Ta’lim muassasasida ochiq dars bo‘lib o‘tdi...

️«Hidoya» o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida dekabr oyi “Dekabr - Aqoid, Falsafa asoslari, fuqorolik jamiyati hamda Davlat va din munosabatlari”  fanlari oyligi munosabati bilan «Kalom ilmi» (Aqoid) fani o‘qituvchisi Kalimulloh domla Mahmudov 4-kurs 53-guruh talabalariga «Alloh taoloning "Takvin" sifati bayoni» mavzusida ochiq dars o‘tdi.

Yangi mavzu:  Alloh taoloning “Takvin” sifatining bayoni  Tayanch iboralar: Takvin, iroda, hodis, maxluq, amr e’tiboriy, adam, vujud, vaz’, azaliy, qadim, vaqt

Reja:
1. Alloh taoloning ism va sifatlari qadim ekani va “Takvin” sifati
2.  Moturidiylarning “Takvin” sifatiga bergan ta’riflari va unga e’tirozlar
3. Imom Ash’ariy rohimahullohning Alloh taoloni sifatlarini zotiy va fe’liyga ajratishlari va fe’liy sifatlarni hodis deyishlari
4. Xulosa
5. Keyingi bosqichlarda chuqur o’rganiladigan bahslarning mavzulari

Kalimulloh domla yuqoridagilar borasida talabalarga batafsil ma'lumot berdib o'tdi.

️Ushbu ochiq darsni o'quv ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Sodiqjon domla Madmusayev, maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha direktor oʻrinbosari Rivojiddin Nasritdinov, o‘quv uslubiy bo‘lim boshlig‘i Abdulboqi domla Tursunov hamda ta’lim muassasasining boshqa tajribali va yosh ustozlari kuzatib, tahlil qildilar.

️Dars interfaol, zamonaviy uslub va metodlar asosida bo‘lib o‘tdi.

Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati