Яратилиш санаси 15.01.2026

Tunni qoim qilish haqidagi oyat

Alloh subhana va taolo ulkan, mashaqqatli yo’lga chorlay turib shunday degan: 

يَا أَيُّهَا الْمُزَّمِّلُ (١) قُمِ اللَّيْلَ إِلا قَلِيلا (٢) نِصْفَهُ أَوِ انْقُصْ مِنْهُ قَلِيلا (٣) أَوْ زِدْ عَلَيْهِ وَرَتِّلِ الْقُرْآنَ تَرْتِيلا (٤) إِنَّا سَنُلْقِي عَلَيْكَ قَوْلا ثَقِيلا

Ey, (kiyimlariga) o'ralib olgan kishi (Muhammad), tunda (bedor bo'lib, namozga) turing! Faqat ozgina (uxlashga vaqt qolsin). Ya'ni, yarmi (qolsin) yoki yarmidan ham bir oz kamaytiring. Yoxud unga (bir oz) ziyoda qiling (yarmidan ko'prog'ida uxlang) va Qur'onni tartil bilan (dona-dona qilib) tilovat qiling! Zero, Biz Sizga og'ir So'zni (Qur'onni) tushirajakmiz. (Muzzammil surasi, 1-5-oyatlar).

Katta so’zga, mashaqqatli taklifga va katta davrga tayyorgarlik bu tunni qoim qilish va Qur’on tartili bilan edi. Bular qalblarni ochadigan, aloqani mustahkamlaydigan, ishni osonlashtiradigan, nurga to’lgan, yupanch va sabr, rohat va xotirjamlikka to’la bo’lgan ibodatlardir. 

Shu bilan birgalikda, Alloh azza va jalla katta-katta mashaqqatlar oldida sabr va namozga yuzlanishga buyurmoqda. 

Birodarim: 

Nafsning hayoti oliylikda, uning najoti, balki xalqlar najoti ham yuqoridadir.

Ahrorlarning himmatlari chirigan suyaklarni qaytara oladi,

Abrorlarning damlari ummatlarni tiriltirar.

Himmatingni tunni qoim qilish ila saqla. Himmat narsalarning muqaddimasidir. Kimning himmati yaxshi bo’lsa, undan sidqidillik qilsa, uning ortidagi amallari ham salohiyatli bo’ladi. Bu haqida ulamolardan birlari shunday deydilar: “Qalbning misoli qushga o’xshaydi. Har safar baland parvoz qilar ekan, ofatlardan uzoqlashadi. Har safar pastga tushganda, ofatlar uni ovlaydilar”. 

Birodarim: 

Gunoh ko’z yoshlar orqali yuviladi. Shijoat tun ko’z yoshlari ila sug’riladi. Islom o’z “erkak”larini faqat shunday tanitgan. 

Tunlari ular rohiblardek,

Mujohadalarda esa dushmanlariga qarshi eng shiddatli qahramonlardir. 

Shu va boshqa sabablar tufayli quyidagi mavzular haqida so’z yuritamiz: 

1) Tunni qoim qilishning fazilati;

2) Tunni qoim qilishni osonlashtiaradigan sabablar;

3) Tunni qoim qilganlar hayotidan lavhalar;

Isoqjanov Muhammad Ibrohim

ta'lim muassasasi o'qituvchisi