Яратилиш санаси 20.01.2026

Tunni qoim qilishning fazilati

Tunni qoim qilish haqida juda ko’plab oyat, hadis va xabarlar vorid bo’lgan: 

Oyati karimalardan: 

تَتَجَافَى جُنُوبُهُمْ عَنِ الْمَضَاجِعِ يَدْعُونَ رَبَّهُمْ خَوْفًا وَطَمَعًا وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنْفِقُونَ (١٦) فَلا تَعْلَمُ نَفْسٌ مَا أُخْفِيَ لَهُمْ مِنْ قُرَّةِ أَعْيُنٍ جَزَاءً بِمَا كَانُوا يَعْمَلُونَ

 Ularning yonboshlari o'rindiqlardan ajrab turar (oz uxlaydilar). Ular Parvardigorlariga qo'rquv va umidvorlik bilan duo qilurlar va Biz ularga rizqqilib bergan narsalardan ehson qilurlar. Bas, ularning qilib o'tgan amallariga mukofot uchun yashirib qo'yilgan ko'zlar quvonchini (oxirat ne'matlarini) hech kim bilmas. (Sajda surasi, 16-17-oyatlar).

Imom Tabariy rohimahulloh bu oyat tafsirida shunday deydilar: “Alloh taolo yonboshlari o’rinlaridan ajrab turar deganda namozga mashg’ul bo’lganlari uchun joylariga borib uxlamaydilar”, deganlar. 

كَانُوا قَلِيلا مِنَ اللَّيْلِ مَا يَهْجَعُونَ (١٧) وَبِالأسْحَارِ هُمْ يَسْتَغْفِرُونَ

(Ular) tunning ozgina (qismidagina) uxlar edilar. Saharlarda ular (Allohdan) mag'firat so'rar edilar. (Zariyat surasi, 17-18-oyatlar).

Imom Hasan rohimahulloh aytadilar: “Tunni ozginasidagina uhlaydilar. Tunni qoim qilib chiqadilar”, dedilar. 

Imom Abu Saud “Saharlarda ular (Allohdan) mag'firat so'rar edilar” oyati borasida shunday deydilar: “Ko’p uyqusizlik va tahajjud bilan birga tongda istig’forda ham bardavom bo’ladilar. Xuddi ular tunlarini gunoh qilishga taqdim qilib qo’yadilar (Ya’ni tunlari ibodat qilib, kunduzgi gunohlarini kechirilishiga zamin hozirlaydilar).

 وَالَّذِينَ يَبِيتُونَ لِرَبِّهِمْ سُجَّدًا وَقِيَامًا

Ular kechalarni Parvardigorga sajda qilgan va tik turgan (bedor) holda o'tkazadigan kishilardir. (Furqon surasi, 64-oyat).

Qosimiy rohimahulloh aytadilar: 

Ular kechalarni Parvardigorga sajda qilgan” 

degan oyatning tafsirida shunday deydilar: “Uni ado qilish va U zotning karim yuzini istashda ixlosli bo’lishga ishoradir”. 

Isoqjanov Muhammad Ibrohim

ta'lim muassasasi o'qituvchisi