Fiqhiy qoida sharhi
Fiqhiy qoida sharhi
القاعدة : "أنَّ كلّ قيام فيه ذكر
مسنون يعتمد فيه، وما لا فلا"
«Zikr masnun (sunnat bo‘lgan zikr) mavjud bo‘lgan har bir qiyomda qo‘llarni bog‘lab turish (i‘timod) sunnatdir. Agar unda zikr bo‘lmasa, unda qo‘llar bog‘lanmaydi».
Ushbu qoida va unga oid masalalardan misollar:
Imom Marg‘inoniy rahimahulloh shunday degan:
Qunut holatida va janoza namozida qo‘llar bog‘lanadi, ammo qiyomdan ruku‘ga qaytganda (qavma holatida) hamda hayit namozlaridagi takbirlar orasida qo‘llar yoniga qo‘yib yuboriladi.
Shuningdek, janoza namozida namozxon o‘ng qo‘lini chap qo‘li ustiga qo‘yib turadi.
Qo‘llarni bog‘lash shakli shuki:
o‘ng qo‘l kaftining ichki tomoni chap qo‘l bilagining ustiga, kindik ostida qo‘yiladi. Kichik barmoq (xinsir) va bosh barmoq bilan bilakni halqa qilib ushlash, qolgan uch barmoqni esa yozib turish mustahab (ma’qul) hisoblanadi.
Qo‘llarni bog‘lash joyi kindik ostida bo‘lishining sababi shuki, bu holat ta’zimga (xushu‘ va kamtarlikka) yaqinroq bo‘lib, ahli kitoblarga o‘xshashdan uzoqroqdir vallohu aʼlam.
Ismoilov Akramxon
Ta'lim muassasasi oʻqituvchisi