Tafsir Jalolayn
Ma'lumki, bugungi kunda Qur'onni to'g'ridan-to'g'ri tushunish biz uchun imkonsizdir. Shu sababli, biz ulamolarimiz tomonidan yozib qoldirilgan tafsirlardan foydalanmoqdamiz. Tafsir fani qanchalar muhmligini ta'kidlab Imom Shofe'i “Qur’onni barcha ilmlarning asosi” deb bilganlar. Ulamolar rivoyat qilishicha, fiqh, ijtihod va hukmlar Qur’ondan olinadi, shuning uchun tafsirni bilmasdan haqiqiy fiqhga yetishib bo‘lmaydi deydilar, Ibn Taymiya “Tafsir ilmi — Qur’on ma’nosini bilish ilmidir. Bu esa dinning asl maqsadini bilishdir”, deganlar. Mana shulardan biri Tafsiru Jalolayndir, ya'ni ikki Jalol tafsiri.
Dastlab Jaloliddin Mahalliy tomonidan yozila boshlangan va 1459-yilda u kishining vafotidan so'ng 1505-yilda Jaloliddin Suyutiy tomonidan tugallangan. Shuning uchun uning nomi “Ikki Jalol tafsiri” degan ma’noni anglatadi. Bir jilddan iborat ushbu tafsir sodda uslubi va ixchamligi tufayli bugungi kunda Qur’onning eng mashhur tafsirlaridan biri sifatida tan olingan. Hattoki hozirda O'zbekiston madrasalarida darslik sifatida o'qitiladi.
Jaloliddin al-Mahalliy 791-864 (1389–1459): To'liq ismi Jaloliddin Muhammad ibn Ahmad al-Mahalliy. U kishi islom olamida fiqh va tafsir ilmlari bo'yicha yirik olim hisoblanadilar. Tafsirni Isro surasidan boshlab, oxirigacha yozgan va so'ngra Fotiha surasini sharhlaganlar.
Jaloliddin as-Suyutiy 849-911 (1445–1505): To'liq ismi Jaloliddin Abdurahmon ibn Abu Bakr as-Suyutiy. Mahalliy vafotidan so'ng, u kishining uslublariga mos ravishda Baqara surasidan Isro surasigacha bo'lgan qismini to'ldirib, kitobni yakunlagan.
Ismoilov Sharifjon
Ta'lim muassasasi 2-kurs talabasi