Яратилиш санаси 19.02.2026

Hadisi Nabaviyga nisbatan qilinadigan odob

Qozi Iyoz rahmatullohi alayhi “Shifo” kitoblarida shunday zikr qiladilar: “Qaysiki narsaning Rasululloh sallollohu alayhi va sallamga nisbat berilsa, uni hurmat-izzat qilish lozim. Ikki haramdagi Rasululloh sallollohu alayhi va sallam bilan bog’liq joylarni hurmat qilinadi. U zot qo’llari bilan ushlagan joylarini ikrom qilish ayni U zotga nisbatan odobning bir qismi hisoblanadi. Salafi solihlarning odatlari shunday ediki, sahobalar Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning majlislarida qanday odob ila o’tirishsa, ular ham hadis majlislarida ana shunday viqor va odob bilan o’tirar edilar. Ular hadisi sharifga nisbatan odob Nabiy sallollohu alayhi va sallamga nibatan odob deb tasavvur qilar edilar.

Hadisi muborakni o’qish yoki o’qitish, eshitish yoki eshittirish majlislari haqida quyida keltiib o’tamiz:

1. Eng afzal daraja majlisdan oldin g’usl qilib olish kerak. Agar bunga qodir bo’lmasa, kamida tahorat qilib oladi;

2. Jism va kiyimga xushbo’y surtib oladi;.

3. Tizzalab o’tirib oladi;

4. Hadis o’qiyotganda hadis muborakni yuqori joyga o’tirib o’qiydi;

5. Hadis o’qiyotganda ovozini past qiladi;

6. Hadisi sharifni jim tinglaydi;

7. Hadis sharifni o’qish va o’qitish vaqtida biror mehmon kelib qolsa, uni hurtmatidan o’rnidan turmaydi;

8. Agar biror hadisni avval eshitgan yoki o’qigan bo’lsa, uni bu safar ham xuddi birinchi bor eshitayotgan yoki o’qiyotgandek tinglamog’i lozim.

Muhammad Ibrohim Isoqjonov

ta'lim muassasasi o'qituvchisi