Eh imom Molik, koshki edi meni ko’proq urib, ko’proq hadis aytib berganingizda edi
Ulamolar hadisi sharif masalasidagi odoblargaqattiq e’tibor qaratganlar. Xususan, imom molikningham hadis borasida hurmat ehtiromlari juda ham ulkanbo’lgan. O’rni kelganda hadisi muborakka nisbatanhurmatsizlik qilgan kishilarga juda ham qattiq jazolartayinlaganlar.
Hishom ibn Ammor rahmatullohi alayhi bir martaImom Molik rahmatullohi alayhidan tik turgan holdabir hadis haqida so’radi. Hadisi sharifga nisbatanqilingan odobsizlik imom Molikka yoqmadi va uniyigirma bor qamchilashga buyurdilar. Keyin rahmilarikelib, unga yigirmata hadis aytib berdilar. Hishom buniko’rib: “Eh imom Molik, koshki edi meni ko’proq urib, ko’proq hadis aytib berganingizda edi”, dedi.
Bir kuni imom Molik bir joyda tik holda turganedilar. Shu paytda qozi Jarir ibn Abdulhamid u kishidan bir hadis haqida so’radi. Shunda imom Molikrahmatullohi alayhi uni bir necha kuni qamabqo’yishga buyurdilar. Odamlar u kishining negabunday qilganlari haqida so’rashganida: “Qozi buqilgan ishi uchun bundan ham ziyoda jazoga loyiqedi”, deb javob berdilar.
Abdulloh ibn Muborak rahmatullohi alayhidanrivoyat qilinadi: “Men imom Molik rahmatullohialayhining xizmatlariga hozir bo’lgan edim. U kishibizga Nabiy sallollohu alayhi va sallamninghadislaridan aytayotgan edi. To’satdan ranglarisarg’ayib ketdi. Lekin aytayotgan hadisi sharifinito’xtatmay, davom etdi. Rivoyatdan forig’ bo’lgandanso’ng menga: “Belimni qarachi?” Dedilar. Men u kishining kiyimlarini ko’tarsa, chayon o’n olti joyidanchaqib tashlagan ekan. Men u kishiga: “Shuncha vaqtindamay shunchalik og’riqqa chidadingizmi?” Dedim. Shunda u kishi: “Men Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning hurmatlari sabab sabr qildim”, deb javobberdilar.
Isoqjonov Muhammad Ibrohim
Ta'lim muassasasi oʻqituvchisi