Ulamolarning hadisi sharifga nisbatan ehtiromlari
Qaysa ibn Uqba (hijriy 215-yilda vafot etganlar) rahmatullohi alayhining darvozalari oldida podshohAbu Valafning o’g’li o’zining xizmatkorlari bilan hadiso’rganish uchun hozir bo’ldi. Qaysa rahmatullohialayhi ularning oldiga chiqishda biroz kech qoldilar.Shahzodaning xizmatkorlari: “Shahzoda eshigingtagiga keladi-yu sen darrov peshvoz chiqmaysanmi?” deb ovozlarini ko’tardilar. Qaysa rahmatullohi alayhibelvog’lari chetiga qotgan non qo’yib olgan holdachiqib keldilar-da: “Dunyoda faqat Uningginaroziligini istagan shaxs bir shahzodani qanday ham maqomidan qo’rqsin? Hudo haqqi, (shahzodaningbeodobligi sabab) unga hadis aytmayman” dedilar.(Tazkira).
Hazrat ibn Siyrin rahmatullohi alayhi xush tabiatkishi edilar. Lekin Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning hadislari zikr qilinganda, hadisi nabaviygabo’lgan odob sabab qalblariga xushu’ kirib olar edi.
Hazrat shoh Abdulaziz rahmatullohi alayhi birsafar hadis darsi bilan mashg’ul bo’lib turganlaridatomog’lari qurib, gapirishga-da qiynalib qoldilar. Shunda bir tolibi ilmni suv olib kelishga buyurdilar.Tolibi ilm uyga yetib borib, suv so’radi. Buni eshitganmuhaddis Shoh Valiyulloh Dehalaviy xavotirgacho’mgan holda: “Afsus, ilm xonadonimizni tark etdi”, dedilar. Xonadon sohibasi haligi kelgan talabaga: “Shoshma”, dedi-da, suvga biroz sirka ham qo’shibyubordi. Shoh Abdulaziz rahmatullohi alayhi uni ichiboldilar. Unga sirka qo’shilganini ham bilmadilar. ShohValiyulloh Dehlaviy otalarining hollari yaxshiligidanxabar topganlaridan so’ng: “Allohga hamdlar bo’lsin, ilm xonadonimizda qoldi”, dedilar.
Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiyning“Boadab bonasib” kitoblari asosida tayyorlandi.
Muhammad Ibrohim Isoqjonov
Ta'lim muassasasi oʻqituvchisi