Hammod ibn Salama buyuk muhaddis olim
Abu Sulaymon al-Xattobiy aytadi: menga Abduloh ibn Miskiy, u Abu Bakr ibn Jobirdan, u esa Abu Dovudning xodimidan rivoyat qiladi: u bilan Bog’dodda birga edik. Birgalikda shom namozini o’qidik. Eshik taqqillagan edi, men ochdim. Shunda Xodim aytdiki, bu amir Abu Ahmad al-muvaffiq bo’lib, kirishga izn so’ramoqda, dedi. Men Abu Dovudning oldiga kirib, unga bu haqida xabar berdim. Abu Dovud unga izn berdi. So’ngra mehmon kirib, o’tirdi. Abu Dovud unga yuzlandi va dedi: bunday vaqtda amirning bizning oldimizga nima yetaklab keldi, dedi. U: Xilol uchdir, deb javob qildi. Abu Dovud: nima u deya so’radilar. Amir javob qildi: Basraga ko’chib borib. O’sha yerni vatan tutasan, sening huzuringa u yerda dunyoning har tarafidan ilm izlovchilar keladilar. Sening sababingdan u yerda yana odam to’lib-toshadi. U xarobaga auyalanib qoldi. U uyerga Zanjiylar kelgandan so’ng u yerdan odamlarning kelishi uzilib qoldi. Abu Dovud dedi: bu aytganing faqat bittasi xolos, qolgan ikkitasini ham so’yla. Amir gap boshladi: farzandlarimga sunan kitobidan dars berasan, dedi. Shunda Abu Dovud dedi: yaxshi endi uchinchisini aytchi, dedi. Amir: ularning majlisini alohida qilasan, albatta, amirning farzandlarining majlisi boshqalardan alohida bo’lishligi lozim, dedi. Abu Dovud dedilar: mana bu aytayotgan narsangni hech ham ilojisi yo’qdir. Chunki insonlarning sharaflilari-yu, martabasi pastlari ilm borasi tengdirlar. Ibn Jobir aytadi: mana shu voqeadan so’ng odamlar shaharga qaytdilar, ko’pchilik Abu Dovuddan dars ola boshladilar va uning bolalari ham oddiy odamlar orasida dars oldilar. “Taqyid”, (1/283)
Muqotil ibn Solih al-Xurosoniy aytadi: Hammod ibn Salamaning oldiga kirgandim. Uning uyida u o’tirdigan bo’yra, o’qiydigan bir mushafi, kitobi saqlanadigan xaltasi va tahorat oladigan idishidan boshqa hech narsasi yo’q edi.
Men uning oldida ekanimda eshik taqillab qoldi. U ey, kichkina, qizaloq, qarachi kelgan kishi kim ekan. Qiz: Muhammad ibn Sulaymonning elchisi ekan dedi. Unga aytar so’zim shuki, uning o’zi kirsin. Elchi o’zi kirdi va salom berdi. Unga qo’lidagi maktubni uzatdi va o’qi dedi. U yerda shunday yozilgan edi: “Bismilllahir Rohmanir Rohiym. Muhammad ibn Sulaymondan Hammod ibn Salamaga.
Amma ba’du: Alloh taolo avliyolari va ahli toatiga qanday tong orttirsa sizga ham shundayi bo’lsin. Bizda bir masala tug’ilib qoldiki, u borasida sizdan so’ramoqchimiz. Shu onda Hammod ey qizaloq, tezda siyohdonni olginda, maktubning ortiga yoz.
Amma ba’du: Alloh avliyolari va ahli toatiga orttirgan tongini senga ham ravo ko’rsin. Bizga ulamolardan shunday ma’lumki, ular hech kimning oldiga borib yurmaganlar, balki biror bir masala tug’ilgan bo’lsa, uni oldimizga kelib, o’zin xohlaganday qilib so’rab olgin. Kelar bo’lsang yolg’iz bo’l. Soqchiyu, odamlaringni ergashtirib yurma. Nasihat qilmayman. Vas salom.
Men bir kuni uning oldida o’tirgan edim. Eshik taqqillab qoldi. Qizaqloq qarachim, kelgan kishi kim ekan, dedi. Shunda qiz: Muhammad ibn Sulaymon, dedi. Hammod dedi: unga aytar gapim: o’zi yolg’iz kirsin, dedi. U kirdi, salom berib, unining to’g’risiga o’tirdi. Muhammad ibn Sulaymon dedi: menga ne bo’ldiki, senga qarar bo’lsam, qo’rqinchga to’lib ketyapman. Hammod dedi: Sobitdan eshitdim, u Anas ibn Molikdan rivoyat qiladi: Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning shunday deyotganlarini eshitdim: “Agar olim ilmi bilan Allohning yuzini iroda qilsa, undan hamma narsa haybatlanadi. Agar ilmi bilan boylikni iroda qilsa, unda olimning o’zini har narsadan haybatlanadigan qilib qo’yadi. (“Al-jome’ 840)
Nima deysan Alloh ikkita bolasi bor kishi borasida senga rahm qilarmikan; u ularning biridan rozi. Hayoti davomida molining uchdan birini unga bermoqchi?
Hammod dedi: yo’q. Alloh seni rahm qiladi. Men Sobitdan eshitdim, u Molik ibn Anasdan, u esa Rasulullloh sallollohu alayhi va sallamning shunday deganlarini eshitgan: “Agar Alloh taolo bandani moli borasida azoblashni iroda qilsa, o’limi oldidan adolatsiz vasiyatga yo’llab qo’yadi”.
Muhammad ibn Sulaymon dedi: Istakchi? Hammod dedi: Dinda balo keltirmaydigan darajada bo’lsin!
Muhammad ibn Sulaymon dedi: Qirq ming dirham. Sen bu bilan nimaki hojating bo’lsa, kifoya qila olasan.
Hammod dedi: Uni kimga zulm qilib olgan bo’lsang, o’shaning o’ziga qaytarib ber.
Muhammad ibn Sulaymon dedi: Allohga qasamki, men senga faqat meros qilib qoldiradigan narsamnigina beryapman, xolos.
Hammod: Menda unga hech qanday xojat yo’q!
Muhammad ibn Sulaymon: mendan yukimni yengillat. Alloh sendan yukingni aritsin.
Hammod: boshqa yo’l bilan bo’lsachi?
Muhammad ibn Sulaymon: Allohning dinida balolanmaydigan darajada bo’lmaydiganini aytaver.
Hammod: o’sha molingni olginda taqsimlab ber.
Muhammad ibn Sulaymon: shoyadki shunday bo’lsa edi, agar taqsimotida adolat qilolsam ham bu boylikdan nasib qilmaganlar taqsimotda adolat qilmadi, gunohga yo’l qo’ydi, deb gap-so’z qiladilar. Meni undan yengillat, Alloh seni yukingni aritsin. “Bo’stonul Orifiyn”. Imom Navaviy 92-bet
Isoqjonov Muhammadibrohim
ta'lim muassasasi o'qituvchisi