Яратилиш санаси 23.05.2026

Ulamolarning hadis darsiga bo’lgan inoyatlari

Dovud at-Toiy

Muhammad ibn Quhtoba Kufaga kelib, odamlarga murojaat qildi: Mening farzandlarim uchun shunday bir tarbiyachi kerakki, u Qur’on hofizi, Rasululloh sallolohu alayhi va sallamning sunnatlari, osorlar, fiqh, nahv, she’r hamda odamlarning kunlarini yaxshi biluvchi bo’lsin, dedi. Unga shunday javob qildilar: bunday hislatlarni birgina Dovud Toiydangina topa olasan. Muhammad ibn Quhtoba uning oldiga o’n ming dirham bilan borib: mana bularni olginda menga yordam bergin, dedi. Shunda Dovud toiy bu pullarni qaytarib berdi. 

Muhammad ibn Quhtoba yana ko’ndirishga urinib ko’rdi. Bu safar bergan pulini ikki hissa oshirdi hamda uning huzuriga ikki mamluk xizmatkorini qo’shib jo’natar ekan ularga dedi: agar mana shu ikki karmondagi pullarni qabul qilsa, sizlar hursizlar, dedi. So’ng ikkisini uning oldiga jo’natdi. U ularni qabul qilishlikdan bosh tortdi. Ular: agar mana shu pullarni qabul qilisang biz ham qullikdan xalos bo’lardik, dedilar. Shunda u ularga: albatta, men bu pullarni qabul qilishingizda boshingizni jahannam tuzog’iga tutib berishlik bor deb qo’rqaman, dedi. Ular unga dedilar: bularni olgan odamingga qaytarib berishing bizga berishingdan yaxshiroqdir, dedilar. “Vafayatul a’yon” 2, (260) 

Sulaymon ibn Harb

Hatib ibn Bog’dodiy rohimahulloh aytadilar: men abu Nasr Mansur ibn Hasan ibn Muhammad ibn Ahmad mufassir Abu Toyyib Muhammad ibn Ahmad ibn Hamdndan eshitdim, u esa Musaddaddan, ya’ni ibn Qotondan, u otasidan eshitgan: men Sulaymon ibn Harbning huzurida edim. U Tohir ibn Abdulloh ibn Tohir bilan uchrashgan paytda yonida bolg’asi bor edi. U kelib o’tirgan edi, Sulaymon unga yuzlanib turib oldi-da, soqolini changallab olib, dedi: subhanalloh, mendek qariya bilan yuzaki munosabat qilyapti. U dedi: Ey Abu Ayyub, senga nima bo’ldi? Menga oliyligingni ko’rsatish uchun odam jo’natibsan. Olim boradimi yoki olimning yoniga kelinadimi? U: bu narsani boshqa qaytarmayman ey Abu Ayyub, dedi. Sulaymon ibn Harb dedi: agar hadis o’rganishni istasang mana shu yer mening joyim bo’ladi. 

Abu Ubayd

Abu Bakr Barqoniydan rivoyat qilinadi: men Ahmad ibn Ibrohim al-Ismoiliy  ibn Araradan eshitdim: Tohir ibn Abdulloh Bog’dodda edi. U Abu Ubayddan hadis eshitish maqsadida o’zining turgan joyiga chorladi. Abu Ubayd bunga rozi bo’lmadi. Bu voqeadan so’ng Ali ibn Madiniy va Abbos anbariy ham undan g’arib hadislarni o’rganish ilinjida keldilar. Abu Ubayd ularga aksincha muomala qildi: Abu Ubayda har kuni kitobini ko’targancha ularning turar joylariga borar va hadisdan dars berib kelar edi. 

Abu Bak aytadi: Abu Ubayd ilimning izzatini qilib Tohirning yoniga borib ilm o’rgatishdan o’zini olib qochdi. Lekin, aksincha, tavoze’si va bo’ynidagi qarz o’laroq ibn Madiyni va Abboslarning yoniga o’zi borardi. Abu Ubaydaga iltimos qilayotgan kishini fazl va oliy maqomdagining bo’lishini ahamyati yo’q edi. Sufyon Savriy ham Ibrohim ibn Adham bilan ham shunday muomala qilgan edi.      

Ibrohim ibn Adham va Sufyon Savriy

Ahmad ibn G’ozvon al-Riqqiy aytadi: menga Lays ibn Yunus aytadi: menga Yusuf ya’ni ibn Musa al-Marvaziy hadis aytib berdi: Ibrohim ibn Adhamni Sufyondan hadis o’rganishga qiziqtirishdi. Shunda u senga o’rgatishligi uchun odam jo’nat, deyishdi. Shunda Ibrohim ibn Adham: men uning makonini bilisni xohlagan edim, dedi. Abu Bakr aytadi: u Sufyonning oldiga borar, Sufyon esa unga hadisdan ta’lim berar edi. 

Xatib Bog’dodiyning “Roviylar axloqi jamlanmasi”, 200, DKI.

Isoqjonov Muhammadibrohim

ta'lim muassasasi o'qituvchisi