Яратилиш санаси 21.06.2026

Ulamolarning qadr-qimmatlari va o’zlarini ilmlariga berilgan evazdan saqlashga harisliklari

Ibn Musayyab

Ibn Vahbdan rivoyat qilinadi: Molik shunday rivoyat qilib berayotganini eshitdim: “Viloyatlarning birining voliysi Said ibn Musayyabga besh ming dirham pulni ehtirom o’laroq jo’natdi. Pulni olib borgan elchi ibn Musayyabga: bu bilan meni jo’natdi. Buni o’rniga sarf qilishingda Alloh o’zi seni isloh qilsin va buni hojatinga ishlatgin, dedi. Shunda Said ibn Musayyab uni sahiylik bilan ulashib yubordi va o’zining xizmatkorini oldinroq undan talab qilgan yarim dirhami haqida hisob qildi. Shunda xizmatkori: sening menda hech qanday haqqing yo’q, dedi. Said elchiga yuzlanib: voliyingni oldiga ketaver, dedi. Elchi ham unga dedi: bir kishi bizga seni bunday narsalardan osongina voz kechib yuborishingni aytganida otam va men bunga ishonqiramagan edik. Ibn Musayyab uning bu gapiga quydagicha javob qildi: shuncha taklif qilgan boyligingdan ko’ra xizmatkorimdagi ana shu yarim dirham haqqim afzalroq, dedi. 

Abu Nuaym “Hilya” (2/166) kitobida Imron ibn Abdulloh ibn Tolhadan shunday rivoyat qiladi: Said ibn Musayyabga sakson mingdan ortiq boylik taqdim qilindi. Shunda u: bu narsa va Marvonning o’g’illariga mening to Alloh taologa yo’liqib, U zot men va ular orasida hukm qilmagunicha hech qanday xojatim yo’q, deb javob qildi. Xatib Bog’dodiyning “Roviylar axloqi” kitobi. DKI, 200-bet.   

Imom Molik

Horun haj qilganida, Madinaga kirib o’tdi. Shunda Imom Molikka ichiga besh yuz diynor solingan xalta jo’natib yubordi. Haj amallarini ado qilib, tugatib ortiga qaytib ketayotganida yana Madinaga qayta kirib, Imom Molikka yana odam jo’natdi. Elchi unga Mo’minlar amiri undan Madinani tashlab u bilan birga Midyatus Salomga ko’chib ketishini xohlayotganini aytdi. Buni eshitgan Imom Molik: unga borib aytginki, “Xotima” evaziga haltanigina ravo ko’ribdi. Ammo Rasululloh sallollohu alayhi va sallam aytganlar: “Madina agar bilsalar ular uchun yaxshidir”, deganlar, deb javob berdi. “Ilm va uning fazlining bayoni jamlanmasi”.  Jome’ sahihi (2972) Sufyon ibn Abu Zuhayrdan rivoyat qilinadi. 

Ato ibn Abu Raboh 

Ato ibn Abu Raboh Makkalik bir ayolning quli bo’lib, uning tanasi qora, ko’zlari g’ilay, burni yapaloq, o’zi shol va oyog’i falaj bir kishi edi.  U yana ko’r bo’lib, sochlari jingalak, burni Misr loviyasiga o’xshab qolgan edi. 

Hikoya qilinishicha, mo’minlar amiri Sulaymon ibn Abdulmalik farzandlari bilan birgalikda Atoning huzuriga kelib, uning yoniga o’tirdilar. U namoz o’qiyotgan edi. Namozini o’qib bo’lgach o’girilib o’tirib oldi. Ular undan hajning manosiklari haqida ko’p so’rayverdilar. Shunda Ato gavdasini ularga teskari qilib oldi. Shunda Sulaymon o’g’illariga: turinglar, dedi. U ikkovi turdilar. So’ngra ularga: ey farzandlarim ilm talabida minnatchi bo’lib qolmanglar. Men hech ham mana shu qora qulning oldida xorlanganimizni unata olmayman, dedi. 

Isoqjonov Muhammadibrohim

ta'lim muassasasi o'qituvchisi