Яратилиш санаси 16.09.2026

Payg‘ambar alayhissalom haqlarida mashhur insonlar fikrlari

Dunyo shu paytga qadar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdek mukammal, barchaga o‘rnak bo‘la oladigan go‘zal axloq sohibi, dunyodagi barcha yaxshi sifatlarni o‘zida mujassam etgan zotni ko‘rmagan va bundan keyin ham ko‘rmaydi.

Buyuk nemis faylasufi Yoxann Volfgang Gyote bunday deb yozgan: “Men dunyo tarixini o‘qib shunday xulosaga keldim: dunyo podshohlari to‘plagan barcha saltanatu boylik, qasrlaru saroylar Muhammad alayhissalomning yamoq yaktaklariga ham arzimas ekan… Biz Yevropa millatlari, madaniy imkonimiz yuqori bo‘lishiga qaramay, Muhammad alayhissalom so‘nggi pog‘onasiga qadar chiqa olgan zinaning birinchi pillapoyasidamiz, xolos. Hech shubha yo‘qki, biron kimsa u zotdan yuqoriroqqa o‘ta olmaydi”.

Bernard Shou: “Agar Muhammad alayhissalomdek bir odamhozirgi dunyoni boshqarganida edi, bu dunyoning mushkulliklarini hal qilishga muvaffaq bo‘lar edi, bu esa o‘z navbatida, hozirgi dunyoga yetishmayotgan xotirjamlik va saodatni olib kelgan bo‘lardi”, – degan edi.

Fransiyaning taniqli olimlaridan Lamartinning bunday so‘zlari bor: “Agar kishining buyukligi uning qilganishlariga, qozongan zafarlariga, imkoniyati oz bo‘lsa-da, ko‘p ish qilganiga qarab baholanadigan bo‘lsa, Muhammad alayhissalom insonlarning eng buyugidir. U kishi ham payg‘ambar, ham notiq, ham siyosatchi, sarkarda, qalblar himoyachisi, g‘oyalar targ‘ibotchisi, imom, davlat arbobi, yer yuzining 20 ta mintaqasida islomiy saltanat qura olgan… Muhammad alayhissalom ana shunday zot edi! Unga hechqaysi buyuk inson tenglasha olmaydi! Nahotki u zot o‘lchovlarga sig‘sa!”.

Oksford universiteti professori Vilyam Mongomeri: “Muhammad alayhissalomning zafar-yutuqlari uning buyukligiga dalildir. Bunday martabaga erishgan boshqashaxs Gʻarbda ma’lum emas. U zotni sehrgarlikda ayblagan kishilar o‘z maqsadiga erisholmay, noiloj qolgan odamning chiranishidir”, – degan.

Gʻarb kishilari Payg‘ambarimiz sollallohu alayhivasallamning tarixlarini, siyratlarini, hayot yo‘llariniyaxshi o‘rgangani sababli mana shunday xulosalarga kelganlar. Shundan kelib chiqib, biz suyukli Payg‘ambarimiz alayhissalomning hayot yo‘llarini barchadan yaxshiroq bilishimiz, barcha narsada u zotga ergashishimiz lozim 

 Abduqayumov Hasanboy

Ta'lim muassasasi talabasi