Imomlarning faqihrog'i Abu Hanifa rohimahulloh
Tavalludlari milodiy 699-yil (hijriy 80-yil) Kufa shahrida. Imom Azam abu Hanifa rohmatulloh ahlis sunna val jamoa 4 imomining eng faqihrog'i edilar. U kishi haqida imom Shofeiy rohmatulloh: "Insonlar fiqhda abu Hanifaga boqimandalar" deya bejiz aytmaganlar.
Imom Azam yoshliklaridan ilim olishga g'ayrat qilganlar. Hususan, yoshlik chog'larida Qur'onni yod oladilar. Qolaversa Kalom va Mantiq ilmini ham o'rganadilar. Yoshlari 22 ga yetganida Hammod ibn Sulaymonga shogirtlikka tushadilar va shogirtlikda toki u kishi (Hammod ibn Sulaymom) vafot etgunicha qoladilar.
Buyuk ulamolar u kishi haqlarida juda ham yaxshi so'zlarni aytishgan. Hususan, Imom Molik rohmatullohdan Imom Azam haqlarida soraganlarida, u kishi: "Men abu Hanifadan ko'ra faqihroq kishini ko'rmadim" deganlar. Mulla Aliy qori esa, Imom abu Hanifa rohmatullohning hadis ilmidagi o'rinlari buyuk bo'lib, Kitob (Qurʼon) va Sunnatni boshqalardan ko'ra chuqurroq anglagan peshvolardan biri ekanlarini taʼkidlaganlar. Imom Zahabiy ham u kishi to'g'risida iliq fikrlar bildirganlar.
U kishidan juda ham boy ma'naviy meros qolgan. Bularning eng mashxurlari "Fiqh-ul Akbar" va "Musnad Abu Hanifa"lardir. Imom Azam milodiy 767 yili (hijriy 150-yili) vafot etganlar.
Alloh Taolo Abu Hanifa rohmatullohdan ham bizdan ham rozi bo'lsin va bizni to'gʻri yo'lga hidoyat qilsin.
Jamoliddinov Seyman
ta'lim muassasasi talabasi