“Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazildi
“Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida 1-oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan pedagog-o‘qituvchi va xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi.
Mazkur sport tadbirlari shaxmat, stol tennisi va futbol sport turlari bo‘yicha o‘tkazildi. Musobaqalarda ta’lim muassasasining pedagog-o‘qituvchilari hamda xodimlari faol ishtirok etib, o‘zlarining sport mahorati, jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.
Bunday sport tadbirlari ustozlarning jismoniy tetikligini ta’minlash bilan birga, ularning o‘zaro ahilligini mustahkamlashga va kelgusi sharafli faoliyatlariga yangi kuch-g‘ayrat bag‘ishlashiga xizmat qilishi shubhasiz.









Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati