Qur'oni karim - tinchlik, hamjihatlik manbai
Qur’oni karim – insoniyatni totuvlik va o‘zaro hamjihatlikka chorlovchi ilohiy manbadir. Musahhafda: "Ey iymon keltirganlar! Islomga to’lig’icha kiring va shaytonning izidan ergashmang. Albatta u sizga ochiq oydin dushmandir" (Baqara, 208) deya ochiq da’vat qilinadi.
Shuningdek, Kalomullohda insonlar bir-birini tanishi va ahil yashashi uchun turli elat qilib yaratilgani ta’kidlanadi. Zero, tinchlik va xotirjamlik hukm surgan joydagina ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat rivojlanadi. Muqaddas kitobda har qanday kelishmovchilikni faqat tinch va adolatli yo‘l bilan hal etish buyuriladi. Shu bois, Qur’on ilgari surgan tinchlik g‘oyalari barcha zamonlar uchun insoniyatni birlashtiruvchi tayanchdir. Bugungi murakkab davrda ham ushbu oyatlarga amal qilish farovon va osuda kelajagimiz kafolatidir.
Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Nabiy sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar:
«Ikki ne’mat borki, ko‘pchilik insonlar ularning qadriga yetmay xasoratda (ziyonda) qoladilar. Bular – sihat-salomatlik va tinchlik-xotirjamlikdir». (Imom Buxoriy rivoyati)
Musaxanov Muhammadayyub,
Ta’lim muassasasi 1-kurs talabasi