Яратилиш санаси 13.10.2026

Imom A'zam Abu Hanifa hayoti va ilmiy merosi

Imom A’zam Abu Hanifa No‘mon ibn Sobit rahimahulloh hijriy 80-yilda (milodiy 699-yil) Kufa shahrida tavallud topib, hijriy 150-yilda (milodiy 767-yil) vafot etganlar. U zot islom tarixidagi buyuk faqihlardan bo‘lib, hanafiy mazhabining shakllanishida asosiy o‘rin tutganlar. Imom Abu Hanifa Qur’on va Sunnatga asoslangan holda fiqhiy masalalarni o‘rganganlar. U zotning ilmiy maktabida qiyos kabi fiqhiy usullarga ham katta e’tibor berilgan.

Shogirdlari Abu Yusuf va Muhammad ash-Shayboniy hanafiy fiqhining rivojlanishi hamda yozma manbalar orqali saqlanib qolishiga katta hissa qo‘shganlar.

Imom Abu Hanifa nomi bilan «Al-Fiqh al-akbar», «Al-Olim val-muta‘allim» va «Ar-Risola ila Usmon al-Battiy» kabi asarlar mashhur. Va bizgacha ham koʻplab asarlari yetib kelgan.Imom Abu Hanifaning buyuk xizmatlaridan biri fiqhiy bilimlarning rivojlanishiga asos solib, ularni shogirdlari va keyingi ulamolar davom ettirgan ilmiy an’anani shakllantirishga hissa qo‘shganlaridir. U zotning hayoti va ilmiy merosini o‘rganish fiqh tarixini chuqurroq anglashga yordam beradi...

Ahmadulloh Sharipov, 

Ta'lim muassasasi talabasi