Яратилиш санаси 14.10.2026

HANAFIY MAZHABINING YOYILISHI VA MARKAZIY OSIYOGA KIRIB KELISHI

Hanafiy mazhabi Islom olamida tarqalgan toʻrt yirik mazhabning eng koʻp tarqalgani hisoblanadi. Buning asosiy sababi eng moslashuvchanligi va har bir musulmon kishi uchun yengilligidir. Yana bir boshqa omillari:

1) Yer yuzida tarqalishiga asosiy sabablaridan biri Halifa Horun ar-Rashid hukmronligi davrida Abu Hanifa rohmatullohi alayhining katta shogirdlari "Qoziyu ul-quzzot" deb ulugʻlangan Imom Abu Yusuf rohimahullohning hizmatlari beqiyos boʻldi. Halifa Horun ar-Rashid tashabbusi bilan "Qozilar qozisi" halifalik ixtiyorida boʻlgan hududlarga hanafiy mazhabi boʻyicha fatvo chiqaradigan qozilarni tayinlashi hanafiy mazhabining keng tarqalishiga imkoniyat yaratdi.

2) Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqni birlashtirgan saljuqiylar davlatida ham hanafiy mazhabi rasmiy ravishda qoʻllab quvvatlandi. 

3) Usmonli imperiyasi ham oʻn oltinchi asrdan boshlab hanafiylik mazhabini rasmiy mazhab deb eʼlon qildi. Bolqon yarim orolidan tortib to Yaqin Sharqqacha boʻlgan barcha qoziliklar va huquqiy hujjatlar (keyinchalik "Majalla" qomus nomasi) asosida hukm yuritildi. 

MARKAZIY OSIYOGA KIRIB KELISHI

Sakkizinchi asr oxiri va toʻqqizinchi asr boshlarida hanafiylik mazhabi Markaziy Osiyoyaga kirib keld soʻngra Iroqdan keyingi ikkinchi yirik markazlaridan biriga aylandi. 

Asosiy hissasi boʻlgan hanafiy olimi ABU HAFS KABIR AL-BUXORIY (mil.767-832) dir. 

Olimning hanafiylik mazhabi keng ommalashishiga hizmatlari beqiyos boʻldi. Faqih Bagʻdodda Imom A'zamning hazratlarining yetuk shogirdlaridan biri Imom Muhammad ash-Shayboniydan tahsil oldi. Buxoroga qaytdi soʻngra yirik hanafiylik maktabiga asos soldi.

Hanafiy mazhabi oʻzining qulayligi va moʻʼtadilligi sababli shimol, sharq va janubda keng tarqalgan. 

Markaziy Osiyoda:

 Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Afgʻoniston, Pokiston, Hindiston, Bangladesh kabi davlatlarda fiqhiy masalalar hanafiy mazhabi asosida boʻladi. 

Yaqin Sharqda esa : Turkiya, Suriya, Iordaniya, Iroq va Livanda va bir qancha davlatlarda. 

Yevropa va Kavkazda, Bolqon davlatlarida: Shimoliy Kavkaz va Volga boʻyi davlatlarida keng tarqalgan. 

Saidahmedov Mahmudxoʻja

ta'lim muassasasi talabasi