Яратилиш санаси 23.10.2026

AZONNING AHAMIYATI

Azon Islom dinida jamoat namozlariga ilohiy chaqiruv sifatida joriy etilgan bo'lib, uning tarixi Islomning Madina davriga borib taqaladi. Dastlabki davrlarda musulmonlar namoz vaqtlarini o'zlari taxmin qilib, masjidga o'z vaqtida kelishar edi. Biroq musulmonlar jamoasi kengayib borishi bilan vaqtni aniq belgilash va jamoatni o'z vaqtida to'plashning qulay usulini topish zarurati tug'ildi.

Sahobalar bu masala bo'yicha maslahatlashdilar. Ba'zilar nasroniylar kabi qo'ng'iroq chalishni, boshqalar yahudiylar kabi karnay ishlatishni yoki o't yoqib xabar berishni taklif qilishdi. Biroq bu takliflarning birortasi ma'qul topilmadi. Ana shunday paytda sahobiy Abdulloh ibn Zayd roziyallohu anhu tushida azon kalimalarini ko'rdi va eshitdi.

Shuningdek, Hazrati Umar roziyallohu anhu ham shunga o'xshash tush ko'rganliklarini bayon qildilar. Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bu tushlarning haq ekanligini tasdiqlab, ovozining go'zalligi va balandligi bois Bilol roziyallohu anhuga ushbu so'zlar bilan ilk bor azon aytishni buyurdilar. Shu tariqa azon Islom olamida rasmiy ravishda joriy etildi.

Islom fiqhi manbalarida, jumladan, mo'tabar asarlarda ham  azon aytish — sunnat hisoblanadi. Azon shahar yoki qishloqdagi jamoat namozlari uchun o'qiladigan muayyan va jamoaviy shiorlardan biridir.

Azon faqatgina namoz vaqtini bildirish vositasi emas, balki Allohning yagonaligi va Payg'ambarimizning risolatini butun olamga e'lon qiluvchi ulug'vor shiordir. Azon eshitilgan joyda shayton qochishi, azon aytuvchining ovozi yetgan yercha barcha jonli va jonsiz narsalar uning haqqiga guvohlik berishi hadislarda ta'kidlangan.

Habibullayev Safoxon

ta'lim muassasasi 3-kurs talabasi