Яратилиш санаси 18.11.2026

“18-noyabr – Ŏzbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun”

“Hidoya” ŏrta maxsus islom taʼlim muassasasida “18-noyabr – Ŏzbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun” munosabati bilan talaba-yoşlar iştirokida maʼnaviy-maʼrifiy davra suhbati taşkil etildi. 

Davra suhbati davomida Ŏzbekiston Respublikasi Davlat bayroğining yaratiliş tarixi, undagi ranglar va ramzlarning mazmun-mohiyati, şuningdek, uning davlat mustaqilligi, milliy birlik va xalqimizning ğurur-iftixorini ifodalovçi muqaddas timsol sifatidagi ahamiyati haqida atrofliça fikr yuritildi. 

Tadbirda talaba-yoşlarning davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ruhida tarbiyalanişi, ularda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga sadoqat va fuqarolik masʼuliyatini yanada mustahkamlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. 

Tadbirda taʼlim muassasasi tarbiyaçi-pedagogi I.Dadabayev hamda 4-bosqiç talabalari iştirok etdilar.

Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati