“Hanafiylarda sajdaga borish va undan turish holati”
Islom dini insoyat uchun barcha ibodatlarni mukammal ado etishi uchun yo’l-to’riq va qonun-qoidalarni batafsil bayon qilgan. Xossatan ibodat masalalarida uni qanday bajarishni keng tushuntiriladi. Bugun biz namozda sajdani qanday bajariladi, bu holatni Hanafiy mazhabi ko’rinishida ko’rib chiqamiz.
Sajda qilish namozda bajarilishi lozim bo’lgan farzlardan hisoblanadi. Bunga dalil qilib Alloh Taoloning quyidagi oyati keltiriladi: “Ey iymon keltirganlar ruku va sajda qilinglar” (Haj surasi 77-oyat)
Bundan tashqari payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning barcha o’qigan namozlarida sajda qilganlar, sajdasiz namozlari bo’lmagan. Bunga musulmon ummati ham ijmo qilishgan.
Sajdada qaysi a’zolari yerga tegadi degan savolga ulamolar quyidagicha javob berishadi.
“Muxtasarul viqoya” kitobida;
“Namoz o’quvchi sajdani peshona va burun ila ado etadi va fatvo ham shunga berilgan” deyiladi.
“Namoz o’quvchi rukudan so’ng takbir aytadi va sajda qiladi. Sajdaga borish asnosida avval tizzalarini so’ngra qo’llarini yerga qo’yadi, sajdadan turganda esa takbir aytadi va avval boshini so’ngra ikki qo’li va tizzalarini yerdan ko’taradi”
Voil ibn Hujr roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda;
“Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni sajda qilganlarida avval tizzalarini yerga qo’yganlarini va sajdadan qaytayotganlarida tizzalaridan avval qo’llarini yerdan ko’targanlarini ko’rdim”, - deyiladi. (Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyatlari)
Yana bu borada shu ma’noda boshqa hadislar ham kelgan.
“Fatavoi Hindiya” kitobida shunday deyiladi;
“Agar namozxon sajda qilishni xohlasa, avvalo yerga yaqin bo’lgan a’zoni yerga qo’yadi. Bas shunday ekan, avval tizzasini, so’ng ikki qo’lini, so’ng burnini, so’ngra peshonasini yerga qo’yadi. Sajdadan turganida avval peshonasini, so’ng burnini, so’ngra ikki qo’lini ko’taradi..” Molikiy mazhabidan boshqa mazhablarda sajdaga borishga avval yerga yaqin a’zolar va sajdadan turayotganda esa yerdan eng uzoq a’zolar avval ko’tarilishini aytilgan.
Erkak va ayollar sajda qilish ko’rinishi va kayfiyati bir-biridan farq qiladi. Ular borasida “Muxtasarul viqoya” kitobida quyidagilarni keltirilgan;
Erkak kishi rukudan so’ng takbir aytib sajdaga ketadi. Avval ikki tizzasini so’ng barmoqlari orasini yopishtirgan holda ikki qo’lini so’ng peshonasini qo’yadi. Sajdada ikki bilagini ochadi, qornini ikki tizzasidan uzoqlashtiradi, sajdada oyoq barmoqlarini qiblaga yuzlantirgan holda turadi. Ayol kishi esa, sajdada ikki bilagini yopgan holda yerga yaqin turadi va qornini ikki tizzasiga yopishtirib turadi. Mana shu holat ayol kishi uchun avratini yanada tusuvchiroq bo’lishi fiqhiy kitoblarda bayon qilingan.
Shodiyev Yusufxon
“Hidoya” o’rta maxsus islom
bilim yurti o’qituvchisi