“OITSga qarshi kurash kuni”
Joriy yil 1 dekabr “Xalqaro OITS ga qarshi kurash kuni” munosabati bilan bilim yurti mudir o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda bilim yurti ma’naviy-ma’rifiy masalalr bo‘yicha mudir o‘rinbosari Rivojiddin Nasriddinov 1 dekabr “Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni” haqida yig‘ilish qatnashchilariga ma’lumotlar berdilar.
Tadbir davomida bilim yurti hamshirasi S.Ustaboeva so‘zga chiqdi. S.Ustaboeva o‘z so‘zida jumladan quyidagilarni to‘g‘risida so‘z yuritib xar yili 1 dekabr kuni Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanadi. Bu kun OIV/OITSning tarqalishini to‘xtatishning muhimligini eslatib turuvchi sana bo‘lib xizmat qiladi. Birinchi marta BSST (Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti) tomonidan 1988 yili e’lon qilingan. 1996 yildan beri YUNEYDS tomonidan nishonlanib boriladi.
OITS deb ataluvchi bu daxshatli kasallik epidemiyasining boshlanganiga ham mana qariyb 25 yil bo‘ldi. Bu kasallikning shiddatli tarqalishi va shu kungacha davosi topilmaganligi uning XX asr vabosi deb atalishiga sabab bo‘ldi. Bu illat XXI asrda ham o‘z echimini topolgani yo‘q, millionlab insonlar yostig‘ini quritmoqda. Bu balo insoniyatga qaerdan yopirildi, nima sabab bo‘ldi, uning ildizi qaerda? Keling bu kasallikning tarixiga bir nazar solaylik.
Orttirilgan immun tanqislik sindromi (OITS) odam immundefitsiti virusi (OIV) tomonidan qo‘zg‘atiladi va bu o‘lim bilan yakunlanuvchi kasallikdir, uning davosi shu kungacha topilgani yo‘q.
Ba’zi olimlar fikricha OIV virusi maymunlardan odamga taxminan 1926 yil o‘tgan. Oxirgi izlanishlarga ko‘ra inson bu virusni G‘arbiy Afrikada orttirgan. 1930 yillargacha bu virus umuman o‘zini bildirmagan. 1959 yili Kongoda bir erkak o‘ldi. Uning kasallik tarixini taxlil qilgan shifokorlarning keyinroq qilgan izlanishlari ko‘rsatdiki, balkim, bu dunyoda birinchi marta qayd qilingan OITSdan o‘lim holati edi. 1969 yili AQSHda foxishalar orasida OITS simptomlari bilan kechgan kasallki holatlari birinchi marta qayd qilingan. O‘sha vaqtda shifokorlar, buni pnevmoniyaning kam uchraydigan turi deb o‘ylashgan va bunga unchalik axamiyat berishmagan. 1978yili AQSH va SHvetsiya gomoseksualistlarida, shuningdek Tanzaniya va Gaitining geteroseksual erkaklari orasida xuddi shunday kasallik simptomlari aniqlangan.
Faqatgina 1981 yili kasalliklar profilaktikasi markazi Los-Andjeles va Nyu-York gomoseksualistlarida yangi kasallik aniqlanganligi haqida xabar bergan. AQSHda 440ga yaqin OIV virusi tashuvchilari aniqlangan. Ulardan 200 nafari o‘lgan. Kasallarning aksariyati gomoseksualistlar bo‘lganligi uchun bu yangi kasallik “Gomoseksualistlardan tarqaydigan immunodefitsit” yoki “Gomoseksualistlar saratoni” degan nomni oldi.
1981 yilning 5 iyunida Kasalliklarni nazorat qilish markazi olimi, amerikalik Maykl Gotlib birinchi marta immun tizimning chuqur zararlanishi bilan kechadigan yangi kasallikning ta’rifini keltirdi. CHuqur olib borilgan tahlil amerikalik olimlarni fanga oldin noma’lum bo‘lgan sindrom mavjud ekanligi xaqidagi xulosalarga olib keldi va u 1982 yili Aquired Immune Deficience Syndrom (AIDS) – orttirilgan immun tanqislik sindromi (OITS) nomini oldi.
1983 yili fransuz olimi Montane tomonidan kasallik virus sababli ekanligi aniqlandi. U OITS bilan kasallangan odamdan olingan limfa tugunida virusni topdi va uni LAV (lymphadenopathy associated virus) deb nomladi.
1984 yili 24 aprelda Merilend universitetining odam virusologiyasi instituti direktori Robert Gallo OITSning aniq sababini topganligini e’lon qildi. U OITS bilan kasallangan bemorlarning periferik qonida virusni ajratib olishga muvaffaq bo‘ldi. U HTLV-III (Human T-lymphotropic virus type III) deb nom olgan retrovirusni izolyasiyaladi. Bu ikkala viruslar bir xil bo‘lib chiqdi.
1985 yili, OIV tananing suyuq muxitlari: qon, sperma, ona suti orqali tarqalishi aniqlandi. O‘sha yili OIVga birinchi test ishlab chiqildi va uning asosida AQSH va YAponiya olimlari donor qonini OIV ga tekshirishni boshlashdi.
1987 yili Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti OITS qo‘zg‘atuvchisining nomini tasdiqladi – “odam immuntanqisligi virusi” (OIV, inglizchada HIV).
1987 yili OITS bo‘yicha BSSTning Global programmsi tadbiq qilindi, Butunjahon sog‘liqni saqlash assembleyasi tomonidan esa OITSga qarshi global kurashish strataegiyasi qabul qilindi.
Bilim yurti matbuot xizmati