Яратилиш санаси 09.12.2021
Tavhidning qismlari
Tarixdagi barcha payg`ambarlar unga chaqirgan va barcha kitoblar u sababli nozil bo`lgan tavhid ikki turlidir:
Birinchisi: Tanishlik va isbot qilishlikdagi tavhidi. Bu tavhidning yana bir atalishi «Rububiya va ism-sifatlar tavhidi» bo`lib, u Robbi taolo zotining haqiqatini isbotlashlik va Allohni O`z ism-sifatlari va fе'llarida yagona dеb bilishlikdir.
Bu tavhidning umumiy ma'nosi esa, har bir banda Alloh taoloni:
- yagona;
- mana shu koinotning yakka-yu yolg`iz boshqaruvchisi;
- podshohi;
- yaratuvchisi va parvardigori;
- O`z zotida, ism-sifatlarida, fе'llarida barkamol;
- barcha narsalarni Biluvchi;
- barcha narsalarni ihota qiluvchi;
- barcha mulk Uning qo`l ostida;
- har narsaga Qodir;
- barcha go`zal ismlar va oliy sifatlar sohibi dеb tan olishi va aniq bilishidir.
Alloh taolo:
«Biron narsa U zotga o`xshash emasdir. U eshitguvchi va ko`rib turguvchidir» (Shuro: 11), dеdi.
(davomi bor…)
Xoshimov Nuriddin