Яратилиш санаси 13.12.2021

AHLI QIBLA

«ولا نُكفّر أحداً منْ أهل القِبلة إلا بما فيه نفيُ الصانع القادر المختار العليم، أو شِرك، أو إنكارُ النبوة، أو إنكارُ ما عُلم مجيء محمد صلى الله عليه وسلم به ضرورةً، أو إنكارُ مُجمَعٍ عليه قطعاً، واستحلالُ المحرمات، وأما غير ذلك فالقائل به مبتدعٌ وليس بكافر».

 الإمام القاضي عضد الدين الإيجي تــ756هـ

«Qodir (barcha narsaga qodir), Muxtor (barcha narsani ixtiyor qiluvchi) va Aliym (barcha  narsadan xabardor) bo'lgan Yaratguvchini yo'q deydigan, shirk keltiradigan, nubuvvatni inkor qiladigan, Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan aniq yetib kelgan narsani inkor qiladigan, qat'iy deb ijmo' qilingan hukmni inkor qiladigan va harom narsalarni halol, deb hisoblaydiganlardan boshqa Ahli qibladan bo'lgan kishilarni kofir demaymiz! Yuqorida sanalgan ishlardan boshqasini (ya'ni, pokiza shariatning hukmlariga xilof bo'lgan boshqa amallarni) qilgan kishi mubtadi', ya'ni bid'atchi bo'ladi, kofir emas!». 

Imom Qoziy Adududdin al-Iyjiy (hij. 756-yili vaf.) rohimahulloh

* Ahli qibla — Islomni da'vo qiladigan, qiblaga yuzlanadigan va shariatdan ekani ochiq-oydin ma'lum bo'lgan narsalarni yolg'onga chiqarmaydigan kishilardir. Garchi ular havoi-nafs va ma'siyat ahli bo'lsalar ham.

Olimxon Isaqov