Ulamolarimiz hikmatlaridan...
Allohga xamdu sanolar payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga durudi salovotlar bo'lsin. Alloh sizu bizga qanchadan qancha ne'matlarni ato etdi bularnig ichida eng oliylaridan biri bu shak-shubhasiz mustaqillik ne'matidir. Bu mustaqillik bizga ulug’ ulamolarimizning hayotlarini hamda ularning tarix zarvaraqlariga bitgan ilmiy va ma`naviy meroslarini va aytib o'tgan hikmatli so'zlarini sinchiklab o’rganish imkoniyatini taqdim etdi. Ularning o`gitlarida inson uchun muhim bo`lgan ta’lim va tarbiyani ko’ramiz. Bizga ma’lumki Hikmatlar insonning ruhiy va jismoniy hayotida juda muhim ahamiyatga egadir. Hikmat borasida Qur’oni karimda ko’plab oyatlar, hamda Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan ham bir necha hadisi shariflar vorid bo`lgan.
Xususan hikmat borasida Alloh taolo o`zining kitobi Qur'oni karimda shunday marhamat qilgan:
“U kimni hohlasa o’shanga hikmatni berar.kimga hikmat berilsa unga ko’p yaxshilik berilgan bo’lar”. (Baqara surasi 269 oyat) va shu kabi ko’plab oyatlarni nozil qilingandir.
Rosululloh sollallohu alayhi va sallam ham o’zlarining hadisi shariflarida “Hikmat mo’minnning yo`qotgan narsasidir. Uni qayerda topsa uni oladi” deya marhamat qildilar. Zero hikmat insonni ruhan va jismonan tarbiyalab borar ekan ulug’ ajdodlarimiz aytgan suzlarga amal qilmog’imiz zarur bo’ladi.Shular jumlasidan Bahouddin naqshband hazratlaridir bu ulug’ bobomiz ham bunday hikmatli suzlarini bejizga aytib o’tmaganlar. Ularning dono maslaxatlarini o’zlarimizga dasturul amal qilsak maqsadga muvofiq bo’ladi.
Quyida siz azizlarga Bahouddin naqshband quddisa sirruhuning aytgan hikmatli so’zlarini keltirib utamiz
- Dast ba koru dil bayor” – “Qo`ling mehnatda, diling Allohda bo`lsin”.
- Bizning yo`limiz sixbatdir. Xilvatda shuxrat, shuxratda esa ofat bordir. Xayr jamoat bilandir.
- Xalqning yukini yengillashtiring , xalqq yuk bo`lmang!
- Chumoliga ham, odamga ham ozor bersang, najot yo`li shudir!
- Har qayerda, har kim va har qanday ish bilan mashg`ul bo`lmang!
Aqilxonov Saidolimxon