Яратилиш санаси 06.01.2022

“Jabaraliyev Sardorbek DEKABR OYI kitobxoni”

Kitob-har bir insonni saodatga yetaklaydi. Har doim fikri tiniq va ma’naviyati boy bo’ladi. Kitob o’qigan sari inson har bir narsani to’g’ri va sarasini aniqlashda qiyinchilikka dush kelmaydi. Shuni inobatga olib bilim yurtimizda har oyda kitobxonlik tanlovi o’tkazilyapti. Bu oy ham bundan xoli bo’lmadi.

Dekabr oyida har kuni belgilangan vazifani bajarish bo’yicha umumiy qatnashuvchi talabalar soni yigirma nafarni tashkil etdi. Bu oyda qo’shimcha arabiy kitobdan sakkiz betni o’qish belgilangan edi. Uni 45-guruh 2-kurs talabasi Jabaraliyev Sardorbek shartlarga to’la rioya qilgan holda birinchilardan bo’lib bajarib g’oliblikni qo’lga kiritdi. Bu yo’nalishda kuchli beshlik quyidagicha:

  1. Jabaraliyev Sardorbek 2-kurs 45-guruh
  2. Ellikboyev Xusanxon 3-kurs 44-guruh
  3. Sayfutdinov Zokirxon 2-kurs 45-guruh
  4. Mamajonov Musoxon 1-kurs 48-guruh
  5. Soliyev Doniyor 2-kurs 46-guruh
     

Qolaversa, eng ko’p kitob mutolaa qilish musobaqasi ham juda murosasiz tarzda o’tib, unda birinchi kursdan tortib to to’rtinchi kursgacha ko’plab talabalar ishtirok etishdi. Unda ham Jabaraliyev Sardorbek hammadan ko’p kitob mutolaa qilib, bu borada ham g’oliblikni qo’lga kiritdi. Bu yo’nalishda kuchli beshlik quyidagicha:

  1. Jabaraliyev Sardorbek 2-kurs 45-guruh
  2. Abdullayev Mubin 2-kurs 47-guruh
  3. Ellikboyev Xusanxon 3-kurs 44-guruh
  4. Sayfutdinov Zokirxon 2-kurs 45-guruh
  5. Vahobov Asrorjon 2-kurs 46-guruh
     

Har ikki yo’nalishda g’olib bo’lgan barcha talabalar bilim yurti rahbariyati tomonidan moddiy mukofot bilan taqdirlanadilar. Mukofot o’qish boshlanganda g’olibga topshiriladi. Biz barchani ushbu musobaqada yanada faol bo’lishga chorlaymiz. Zero, xozirgi kanikul davrida bunday imkoniyatdan unumli foydalanib qolishga chaqiramiz. Musobaqa o’quv yili yakuniga qadar davom etadi. Yil yakunida umumiy xisoblanib g’olib e’lon qilinadi. G’olib bo’lish uchun hammada imkoniyat mavjud. Shunday ekan fursatni qo’ldan boy bermang!!!

Yusufxon Shodiev
“Hidoya” o’rta maxsus
islom bilim yurti o’qituvchisi