“Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtida “Ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish yuzasidan umumprofilaktik“ tadbir bo'lib o'tdi
Joriy yil 2-noyabr kuni “Hidoya“ o‘rta maxsus islom bilim yurtida “Ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish yuzasidan umumprofilaktik“ tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Yangi Namangan tumani hokimligi din ishlari bo’yicha qo’mita mutaxassisi Erkinov Bahromjon, DIQ viloyat boshqarmasi eksperti M.Adxamov, “Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurti o‘qituvchilari va talabalari qatnashdilar.
Tadbirni bilim yurti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha mudir o’rinbosari R.Nasritdinov ochdi va olib bordi.
Tadbirida so‘z olgan barcha notiqlar Yangi Namangan tumani hokimligi din ishlari bo’yicha qo’mita mutaxassisi Erkinov Bahromjon, DIQ viloyat boshqarmasi eksperti M.Adxamovlar Hozirgi davrda globallashuv jarayoni tobora kengayib bormoqda va bu jahon siyosiy makonning yangicha ko‘rinishi va taraqqiy etishiga ta’sir qildi. Jahon siyosiy makonida davlatlarning global rivojlanishi bu avvalambor, dunyoning barcha davlatlari va xalqlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik, psixologik jihatdan birgalikdagi yangicha taraqqiyotidir. Globallashuv sharoitida avj olgan muammolarning yechimi hamkorlikdagi harakatlarni talab qilmoqda.
Hozirgi kunda aholi ongiga chetdan kirib kelayotgan har turdagi axborotlar tez sur’atlarda ta’sir etmokda. Axborot- xavfsizlik tushunchasi ana shu tarzda ma’naviy-axloqiy mezonga aylanadi. Erkin shaxs va ozod kishilik jamoasi bo‘lgan fuqarolik jamiyati sharoitida axborot xavfsizlikning o‘ziga xos tizimlari shakllanmog‘i lozim. Bu bevosita OAV faoliyati va unga xizmat qiladigan axborot oluvchi, saqlovchi va tarqatuvchi xodimlarning siyosiy saviyasiga, kasb mahoratiga, eng muhimi fuqarolik pozitsiyasiga, jamiyat ishiga dahldorlik tuyg‘usiga bog‘liq.
SHunday qilib, globallashuv sharoitida aholining yot g‘oyalarga ergashib ketishi, ularga qing‘ir ishlarning jiddiy oqibatlari, javobgarligi va xuquqiy asoslari haqida mukammal tushunchalar berish, bu borada targ‘ibot ishllarini yanada kengroq olib borishimiz lozim .
Xalq ongini yot mafkura, buzg‘unchi g‘oyalardan saqlash muhim. O‘zbekiston xalqini vatanga muhabbat va sodiqlik ruhida tarbiyalashda o‘tmish o‘tgan davr va o‘lmas iz qoldirgan tarixiy shaxslarni ilmlaridan foydalanish ulardan g‘ururlanish hissini uyg‘otish kerak. Jamiyatda birdamlik, bag‘rikenglik g‘oyalari keng targ‘ib etilishi ham, o‘zbek xalqining milliy mintaliteti jamoa bo‘lib yashashga, yelkadoshlikka asoslanishida milliy urf-odat va an’analarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston qator informatsion xurujlarni boshidan kechirdi. Vahhobiylar yoki Hizb-ut-tahrir va soxta salafiylik oqimi vakillari bilan haqiqiy musulmonlar o‘rtasidagi farq bugun yaqqol yuzaga chiqqan. Bu ham aholining ma’lum qatlamini xalqdan ajralib qolganini, ular bilan ijtimoiy munosibatlarga kirishishda ayrim noqulaylikni keltirib chiqarishi O‘zbekiston rahbariyatining ijtimoiylashuv sohasida ayrim islohatlarni olib borishiga olib keldi. 2016 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoev ushbu sohada bir qancha islohotlarni amalga oshirishi natijasida yot g‘oyalarga ergashib adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga solish hamda ularni ijtimoiylashuvini aholi bilan to‘g‘ri “kontakt”ga kirishishiga turtki bo‘ldi.
Har kuni gazeta va televideniyeda jixod qilish orqali zo‘ravonlik va bosqinchilik xabarlariga guvoh bo‘lmoqdamiz. Insonlarning hayotiga zomin bo‘layotgan bu harakatlar ko‘rinishda har xil sabablar tufayli amalga oshayotgan bo‘lsa-da, natijasi musulmonlarning zarariga bo‘lmoqda.
Islom dunyosidagi sodir bo‘layotgan ushbu harakatlarning so‘zda Islom nomidan qilinayotgani eng achinarli hol ekaniga shubha yo‘q. Qo‘liga qurol yoki pichoq olib, tavhid kalimasini aytgan holda begunoh bir jonga qasd qilish holatlarini shariat nuqtai nazaridan yechish mas’ul kishilar oldida turgan muhim vazifalardandir.
Bu holatlarni shariat tarozisiga solib ko‘rsak, mashru’ harakat emasligi o‘rtaga chiqmoqda. Qo‘liga qurol olib, dushman guruhlarga qarshi hujum qilish qarorini olishni shaxslarning tashabbusiga tashlab qo‘yib bo‘lmaydi. Musulmonlar maskan tutgan yerlar dunyoning har qanday joyidan ko‘ra eng yaxshi xalovat, xavfsizlik va osoyishtalik ta’min etilgan yerlar bo’lishi kerak. Islom dini buzg‘unchilik emas, osoyishtalikni maqsad qiladi. Begunoh va ma’sum insonlarning jabrlanishiga olib keladigan terror unsurlarini o‘z ichiga olgan butun harakatlar shariatga ziddir.
Tadbir so’ngida o’qituvchi talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar oldilar.
“Hidoya” o'rta maxsus islom
bilim yurti matbuot xizmati