Яратилиш санаси 02.03.2022

Tolibi ilm zehnini mustahkamlashga yordam beruvchi tavsiyalar

Ma'lumki Ilm olish insondan katta mashaqqat talab etadi. Har bir kasb yoki hunar osonlikcha ershilmagani kabi ilmga ham qiyinchiliksiz erishish amri mahol. Tolibi ilm kishi boshqa kasb yoki hunar egalari his qiladigan qiyinchiliklardan ko'ra ko'proq mashaqqat chekadi. Tolibi ilm kishi zehnni mustahkamlaydigan va uni susaytiradigan omillardan o'zini saqlshi kerak bo'ladi.

Bular nimalarni o'z ichiga oladi?

Tolibi ilm o'z ustida doimo bardavom ishlamog'i, shu bilan birga ilmni taraqqiy ettirmog'i kerak bo'ladi. Bunda fahm-farosat hamda zehnni o'sishiga va uni mustahkamlashga kirishmog'i kerak. Ong - tahfizini mustahkamlaydigan omillardan biri bu bardavomlik va jiddiylik bilan yondashishlik hisoblanadi. Ilm hohlovchi kishi zehnni rivoji uchun taomni bir oz kamaytirishi (to'yib ovqatlanmaslik kerak).

Talaba xotirasini mustahkamlaydigan yana bir omillardan biri bu Qur'oni karimga qarab o'qish va tungi namoz bedorliklaridir.

Ulug'lar janobi payg'ambarimiz hadis shariflariga binoan inson zehni va fahm farosatini ziyoda qiladigan asosiy manba - Qur'onga qarab tilovat qilish deb bashorat berganlar chunki Sarvari koinot payg'ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) - Ummatning eng afzal amali - Qur'on karimni tilovat qilishlaridir,- deganlar.

Ulug' valiylardan bo'lgan Shaddod ibn Hakim rohimahulloh hazratlari tushlarida zamondosh o'tgan bir ulug' zotni vafotidan keyin ko'rgan ekanlar qaysi amalingiz sizga ko'proq manfaat berdi va ko'proq bahra oldingiz deb so'raganlarda shunda u zot: Qur'oni karimga qarab o'qish bizga ko'p manfaat ketkazdi, - deb javob bergan ekanlar. Mo'min kishi Qur'oni karimga qarab qiroat qilganida shoshilmaydi. Shoshilmay o'qish esa tafakkurga chorlaydi. Bu shubhasiz  zehni rivojlantiradigan omillardan biridir.

Shuningdek misvok tutish, ya'ni tishni tozalash, og'izni badbo'y bo'lishdan saqlash ham zehnni charhlaydigan omildir. Habibimiz Muhammad alayhissalom misvok fazilatlarini bayon etib zehn uchun foydasini alohida ta'kidlaydilar. Shu bilan bir qatorda asal yeb turish, yong'oqni shakar bilan birga tanovvul qilish va har kuni 20 donadan qizil mayiz istemol qilish ham zehnni mustahkamlaydi!

Bilishimiz kerakki og'izdagi namlik balg'amni kamaytirib yo'qotsa u zehnni charhlaydi aksincha og'izdagi namlik balg'amni ziyoda qiladigan bo'lsa u zehnni o'tmaslashtiradi. Nisyon  -  unutish kasalligini kuchaytiradi.

Ammo zehn past bo'lishiga gunoh ishlarga moyil bo'lish, ibodatga ahamiyatsizlik va dunyo g'am-tashvishiga berilish ham sabab bo'ladi. Bu qalbni band etadi natija esa dunyo hojatlarini ko'paytiradi.

Shu bilan bir qatorda quyidagilar ham zehndagi sustkashliklarni keltirib chiqaradi.
- xom piyoz, nordon olmalar yeyish
- osib qo'yilgan narsalarga qarash, masalan: yuvilgan kirlar va yana shu kabilar,
- qabristondagi yozuvlarni o'qish
- tuyalarni orasidan o'tish 
- bit - burgani o'ldirmay tashlash
- kumush asboblar bilan yelkadan qon oldirish.
Bularni bari zehnni zaiflashuvini keltiradi. Bugungi kunimizda yana qanday omillar zehndagi sustkashliklarimizga sabab bo'lmoqda. Deyarli, bugungi kunda har bir kishida telfon mavjud shu bilan birgalikda internet ham.

Telefonda qanchalik darajada foydali va kerakli ma'lumotlar mavjud bo'lsa mutloqo keraksiz va foydalanuvchi shaxsga zarar keltiradigan ba'zan umuman yo'ldan adashtirib yuboradigan ma'lumotlar ham teng barobar ko'p.

Internet foydalanuvchi kishi garchand hohlamasa ham behayo yoki keraksiz malumotlarga bir kunda kamida bir marotaba duch keladi. Facebook, Instagram, Twitter, Telegram va shu kabi boshqa tarmoqlarda bu esa o'z o'rnida zehnda noqislikni yuzaga keltiradi.

Shayx Muhammadsodiq Muhammadyusuf rohimahulloh bu haqda shunday degan edilar: Qalb bir gunoh qilsa unga bir qora tushadi ikki marotaba qilsa u yana ko'payadi shu zaylda tomomila zulmat kabi qorayadi va ohir oqibat avvalgi gunoh ishlarni qilsa qalb buni his qilmaydigan darajaga yetadi.