Xat turlari - (3-qism)
Kufi xati asosida arab xatining birinchi ixtirochisi bag`dodlik Abu Ali ibn Muqla (vaf.hij. 338 y.) hisoblanadi. Ibn Muqla ma`qaliy (ko`fiy xati) asosida arab yozuvining yetti xil asosiy turini ixtiro etgan. Bu kishidan keyin Shayx jamoliddin Yoqut jazoiriy (277 - 397/891 -1007y.) Ibn Muqla ta`limoti asosida muhaqqaq va mashhur olti xatni mukammallashtiradi.
Shuningdek, u nasx xatining ixtirochilaridan biridir. Manbalarda qayd qilinishicha, Shayx jamoliddin Yoqut Qur`oni karimni muhaqqaq (yoqut) xatida forsiy tarjimasi bilan birga ming adad ko`chirgan. Keyinchalik Ibn Bavvob (vaf.mil.1022y.) ham xat uslubining go`zalligini mukammallashtiradi va 36 xil xat turining 17 xilini ixtiro qiladi.
Buyuk xattot Yoqut (XIII asr) va boshqa ulug` xattotlar arab yozuviga sayqal berib, ularning yanada mukammal, jozibador bo`lishiga o`zlarining bebaho hissalarini qo`shganlar, xatdagi uslublarni oxiriga etkazib takomillashtirganlar.
Temuriy shahzodalar (Ibrohim bin Shohruh, Boysung’ur Mirzo, Badiuzzamon Mirzo va boshqalar) ham xattotlikka homiylik qilish bilan birga o’zlari bu san’at turi bilan shug’ullangan. Zahiriddin Muhammad Bobur esa yangi xat va alifbo Xatti Boburiy ixtirochisidir. Kitobat san’ati bilan bir qatorda binolarning kitobatlari, qabrtoshlardagi bitiklar va buyumlarda xattotlar keng qo’llanilgan.
Абдураҳимов Баҳромжон
"Ҳидоя" ўрта махсус ислом
билим юрти ўқитувчиси