Яратилиш санаси 08.10.2022

Mavlid tadbiri

Bilim yurtida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan oy munosabati bilan joriy yil 8-oktyabr kuni  tadbir o‘tkazildi. 

Tadbirda bilim yurti ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha mudir o‘rinbosari Rivojiddin Nasritdinov, bilim yurti o‘quv ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari S.Madmusaev, bilim yurti o‘qituvchi-mudarrislari va bilim yurti  talabalar ishtirok etdilar. 

Kirish so‘zini bilim yurti ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha mudir o‘rinbosari Rivojiddin Nasritdinov ochib shunday osoyishta kunlarga yetib kelganimizga shukronalik bildirib, muborak Rabi’ul avval oyi ya’ni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavallud  topgan oy haqida so‘z yuritib, bu oyda barchalarimiz olamlar sarvari, butun insoniyatga oxirzamon payg‘ambari qilib yuborilgan Muhammad alayhissalomning siyratlarini, hayotlarini yanada kengroq o‘rganish, har bir amalimizda u zotga ergashish lozimligi haqida aytib o‘tdi.          

Tadbirni davom ettirish uchun so’zni bilim yurti mudiri A.Bobamirzayevga berdi. Notiq o’z so’zoda ustoz va talabalarni bayram bilan tabrikladi.

SHundan so‘ng so’zni bilim yurti tafsur fani o’qituvchisi Qayumov Sofvatulloh domlaga berdi.

 

Notiq o’z so’zida ishtirokchilarga Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning siyratlari, xulq-atvorlari haqida so‘z yuritib, “Buyuk xulq sohibi”, “Olamlarga rahmat payg‘ambar” mavzularida batafsil ma’lumotlar berdi. 

 Tadbir yakunida 4-kurs talabalari  tomonidan berilgan estalik sovg‘alarini bilim  yurti o‘qituvchilari va talabalariga topshirildi.

Tadbir Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga muhabbat va u zotning sunnatlariga ergashishlik yo‘lida yana bir qadam bo‘ldi. 

Tadbir so‘ngida bilim yurti ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha mudir o‘rinbosari Rivojiddin Nasritdinov tomonidan Payg‘ambar (s.a.v) sunnatlariga amal qilish, har bir jabhada mukamal inson bo‘lishga intilish shuningdek, yurtimiz tinchligi, uning osoyishtaligi bardavom bo‘lishini so‘rab duolar qilindi.

Bilim yurti matbuot xizmati

Изоҳ қолдириш

Изоҳлар