Til millat koʻzgusi
Bilim yurtida joriy yil 21 oktyabr kuni, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan 21 oktyabr kuni “Til millat ko’zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda bilim yurti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mudir o‘rinbosari R.Nasritdinov fan o‘qituvchilari, guruh murabbiylari 8 nafar va talabalar 50 nafar ja’mi 58 nafar kishi qatnashdilar.
Tadbirga Namangan davlat universiteti Filologiya fanlar nomzodi dotsent Karimov Obidjon domla tashrif buyurdi.
Tadbirni bilim yurti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mudir o‘rinbosari R.Nasritdinov ochib, tadbir ishtirokchilarini o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi bilan tabrikladi.
Tadbirni davom ettirish uchun so’zni Karimov Obidjon domlaga berdi.
Notiq o’z so’zida til – bu millat ko‘zgusi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixini namoyon qiluvchi asosiy muomala vositasi ekanligi, Ona tilimiz bo‘lmish o‘zbek tilini asrash, rivojlantirish uchun qancha daholar, allomalar ter to‘kkani, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy bobomizning o‘zbek tilining taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, uni butun dunyoga tanitishdek buyuk zahmati haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘zbek tili go‘zal va juda boy til, uni hurmat qilish va saqlab qolish har birimizning fuqarolik burchimiz ekanligini ta’kidladi. Tilimiz rivoji va taraqqiyoti yo‘lida mehnat qilgan mutafakkirlar, shoiru yozuvchilar hayoti va ijodi haqida so‘z yuritildi.
Talabalar tomonidan o‘zbek tiliga bag‘ishlangan she’r, g‘azallar aytildi.
Bilim yurti matbuot xizmati