“Hidoya” o’rta masus islom bilim yurtida 2023 yil 23-yanvardan dars jarayonlari boshlandi
Bilim yurtida 2022-2023 o‘quv yili qishki ta’tildan so‘ng o‘quv jarayonlari joriy yil 23-yanvardan boshlandi.
Mavjud sinf xonalari va talabalar turar joyi talab darajasida bo‘lib barcha xonalar issiq, yorug‘ va shinam.
23-yanvar kungi dars jarayonida barcha o‘qituvchi va mudarrislar ishtirok etmoqdalar. Talabalardan 7 nafari dars jarayonlariga ishtirok etmadilar. 4 nafari bemorligi, 3 nafari esa boshqa viloyati (Toshkent)dan bo‘lganligi uchun. Mazkur talabalarni darslarga jalb qilish choralari ko‘rilmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlarini bilim yurti mudiri A.Bobamirzaev, o‘quv ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari S.Madmusaev, Yоshlar bilan ishlash, ma’naviyat ma’rifat bo‘limi boshlig‘i R.Nasriddinovlar o‘rganib chiqdilar.
Hozirda bilim yurtida o‘quv mashg‘ulotlari davom ettirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan muammolar mavjud emas.
Bilim yurti matbuot xizmati