“Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtida tadbir o'tkazildi
Joriy yil 23-yanvar kuni bilim yurtida tadbir o’tkazildi. Tadbirda bilim yurti o‘qituvchi-mudarris, xodim va talabalar ishtirok etdilar. Tadbirga O’zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakili A.Tursunov va Namangan tumani Mullakuding qishlog‘ida yashovchi 105 yoshdagi Ibrohimjon ota Xo‘jayev ham ishtirok etdi.
Tadbirni bilim yurti mudiri A.Bobamirzayev ochib, o’z so’zida boshlangan o’quv mashg’uoti xayrli bo’lishini va bunday sovuq kunlar yurtimizdan tez kunlarda ko’tarilishi so’rab so’zni O’zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakili A.Tursunovga berdi.
Notiq o‘z so‘zida boshlangan o’quv yili bilan tabriklab odobli, bilimdon, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. Darhaqiqat, har bir farzand shaxsiy ta’lim-tarbiya bilan shakllanadi. Demak, ta’lim-tarbiya kelajak poydevori hisoblanadi. Shunday ekan, odob-axloq bilan farzandlarni axloqiy-huquqiy jihatdan tarbiyalash, ayniqsa, adolat, burch, vatanparvarlikni shakllantirish, ona vatanni sevish hissini uyg‘otish o‘ta muhim hisoblanadi. Inson tarbiya jarayonida yaxshi xulq-atvorga, odatlarga va aql-farosat omillariga ega bo‘lgan bo‘lsa, hayot saboqlarini shunchalik yaxshi anglaydi va yaxshi ishlarni amalga oshiradi, va aksincha, qanchalik tarbiyasi kam, hayotiy ko‘nikmalari oz bo‘lsa, bunday shaxs ba’zan bilib yoki bilmay yomon ishlarga qo‘l uradi deb madrasani ertangi ravnaqi uchun muhim ko‘rsatmalarini berdilar.
Tadbirda qishgi ta’tildan keying o’quv mashg’ulotlari boshlanishligi munosabati bilan bilim yurtida homiy jalb qilinib bilim yurti o’qituvchi va talabalariga ziyofat dasturxoni yozildi.
Tadbirda Ibrohimjon ota talabalarga o‘zlarini kerakli pand-nasihatlarini berib, boshlangan o‘quv mashg’ulotlari xayrli va barakali bo‘lishi va havo mo’tadil bo’lishini hamda mashaqqatlar ketishini tilab duo qildilar.
Tadbir so‘ngida Qur’on tilovati bo‘lib, muhtaram yurtboshimizni xalq farovonligini yanada yuksaltirish yo‘lida olib borayotgan xayrli faoliyatlarida Yaratganning O‘zi madadkor bo‘lishini so‘rab, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini doimiy bo‘lishligini, xalqimizning farovon hayoti yanada yuksalishini hamda yurtimizda, yurt tinchligi va xalq farovonligini yuksaltirishda xizmat qilib o‘tgan ajdodlarimizni xotirasiga o’qituvchi va talabalar tomonidan qilingan xatm qur’on va salovatlar bag‘ishlab duoyi xayrlar qilindi.
Bilim yurti matbuot xizmati