Sahobalarning fazilatlari
Alloh ulardan rozi bo‘lsin, sahobalar fazilatlari shu qadar yuksak-ki, agar yozaman desangiz, uni bir nechtagina sahifaga hargiz sig’dira olmaysiz. Hatto, kitoblar ularning fazilatlari haqidagi gaplarni qamrab olishdan ojizdir, ojiz!
Odam alayhissalom avlodlarining payg‘ambarlardan keyingi, eng yaxshisi, shak shubhasiz sahobalardir! Chunki ular insoniyatga hech kim bera olmaydigan narsalar berishni udsasidan chiqdilar.
Alloh taolo ularni ikki dunyoda aziz qildi. Alloh qur’onda bir qancha o’rinlarda ularni maqtab, martabalarini yuksaklarga ko’tardi. Quyidagilar o’sha oyatlarning ba’zisidir.
{ ۞ لَّقَدۡ رَضِیَ ٱللَّهُ عَنِ ٱلۡمُؤۡمِنِینَ إِذۡ یُبَایِعُونَكَ تَحۡتَ ٱلشَّجَرَةِ فَعَلِمَ مَا فِی قُلُوبِهِمۡ فَأَنزَلَ ٱلسَّكِینَةَ عَلَیۡهِمۡ وَأَثَـٰبَهُمۡ فَتۡحࣰا قَرِیبࣰا }
Batahqiq, Alloh mo'minlardan daraxt ostida sеnga bay'at qilayotganlarida rozi bo'ldi. Bas, ularning qalblaridagini bildi, ularga sokinlikni tushirdi va yaqin fath ila mukofatladi. (Alloh taoloning O'zi kalomi pokida Hudaybiyada Payg'ambar alayhissalomga bay'at qilgan bir ming to'rt yuz sohabai kiromlardan rozi ekanligini e'lon qilib turibdi. Bu e'lon qiyomat kunigacha ibodat, tilovat bo'lib turishi ta'minlangan. Shuning uchun ham mazkur bay'atning bir nomi «Bay'atir-Rizvon» — «rozilik bay'ati»dir.).
{ وَٱلسَّـٰبِقُونَ ٱلۡأَوَّلُونَ مِنَ ٱلۡمُهَـٰجِرِینَ وَٱلۡأَنصَارِ وَٱلَّذِینَ ٱتَّبَعُوهُم بِإِحۡسَـٰنࣲ رَّضِیَ ٱللَّهُ عَنۡهُمۡ وَرَضُوا۟ عَنۡهُ وَأَعَدَّ لَهُمۡ جَنَّـٰتࣲ تَجۡرِی تَحۡتَهَا ٱلۡأَنۡهَـٰرُ خَـٰلِدِینَ فِیهَاۤ أَبَدࣰاۚ ذَ ٰلِكَ ٱلۡفَوۡزُ ٱلۡعَظِیمُ }
Биринчи пешқадам муҳожирлар ва ансорийлар ва уларга яхшилик билан эргашганлар. Аллоҳ улардан рози бўлди, улар ҳам Аллоҳдан рози бўлдилар. Уларга остидан анҳорлар оқиб турган жаннатларни тайёрлаб қўйди. Уларда абадий қолурлар. Ана ўша улкан ютуқдир.
Muhammadiyev Muhammadsolih
"Hidoya" o'rta maxsus islom
bilim yurti o'qituvchisi