Bemorni ziyorat qilishda, ziyorat qiluvchining odobi
1) Bemorni huzurida uzoq vaqt oʻtirmaslik. Ziyorat qilishga munosib vaqt tanlash, bemorga qiyinchilik tug'dirmaslik, balki uni koʻngliga biroz xursandchilik kiritish uchun suhbatlashish.
2) Bemorga yaqinroq oʻtirish va xol-ahvolini soʻrab, "Oʻzingni qanday his qilyapsan?" deb aytish. Rosulalloh (sollallohu alayhi vasallam) shunday qilar edilar.
3) Bemorning haqqiga Allohdan shifo, rahmat, salomatlik va ofiyat tilab duo qilish.
Ibn Abbos (roziyallohu anhu)dan keltirilgan hadisda, rosululloh (sollallohu alayhi vasallam) bemorni huzuriga borganlarida uni haqqiga duo qilar va: "Xech qisi yoʻq! Insha alloh (bu sen uchun gunohdan) poklanish boʻladi" der edilar.
4) Bemorni oʻng qoʻli bilan silab, "Ey insonlarning robbi, bu bemorlikni oʻzing aritgin! Shifo bergin, sen shifo beruvchisan! Shifo faqat oʻzingdandir! Bemorlikni butkul ketkazadigan shifo ato et!" (Muttafaqun a'layh)
5) Bemorga Allohning qazosiga sabr qilish, uning shifosi kechikmasligi haqida va bemorlik qanchalik kuchli boʻlmasin oʻlimni umid qilmasligi haqida eslatish.
6) Agar bemorga oʻlim yetsa, shahodat kalimasini talqin qilib turish. Oʻlimidan soʻng koʻzlarini yumib, uni haqqida duo qilish.
Rosululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Oʻlimi yaqinlashganlaringizga, (la ilaha illalloh) aytib turinglar" dedilar (Muslim rivoyati)
Bobamirzayev Muhammadabdulloh
“Hidoya” o'rta maxsus
islom bilim yurti talabasi