Mavlid bid'at emas!
Robi’ul avval oyi kirib kelishi bilan, Islom olamida juda ko'p musulmonlar Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning tug’lishlarini bayram sifatida nishonlaydilar. Ba’zi musulmonlar esa bu haqida boshqacharoq fikrda… ya'ni “Mavlid"ni nishonlashni “bid’at” deydilar. Bu gaplarini “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobalar roziyallohu anhum davrida bu amal bo’lmagan” - degan gap gap izohlashga urinadilar.
Bunday da’voga javob o’laroq, Doktor Muhammad Said Ramazon al-Butiy rohimahulloh shunday deganlar: “Jumhur ulamolar qabul qilgan usul (qoida) shuki, bir ishning, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobalar roziyallohu anhum tomonidan sodir bo’lmaganligi, u ishning nojoiz ekanligiga dalil bo’lmaydi”. Ya'ni ularning bu fikrga kelishlarinig sababi, “usul” bilmasliklari, demoqchilar.
Qolaversa “mavlid bid’at” degan fikrdagilar, eng ko’p suyanadigan olim Ibnu Taymiyya rohimahulloh ham, mavlidni joiz deganlar. Ibnu Taymiyya rohimahulloh aytadi: Mavlidi sharifni ba'zi insonlar ulug'lab, bayram sifatida nishonlashadi. Bunga yaxshi, va Rosululloh sollallohu alayhi vasallam ni ulug'laganlari uchun ajri azim bo'ladi». (Ibn Taymiya. Iqtizous-sirot)
Bundan tashqari, “Kitob” va “Sunnat” ning chinakam bilimdonlari bo’lgan, juda ko'p ulamolar, bu haqida, o’z fikrlarini bildirganlar. Quyida ba’zilarini keltiramiz.
Qozi Iyoz rohimahulloh «Shifo» kitobida shunday dеdilar: Shuni yaxshi bilib olingki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ning hurmatilari, ta'zimlari va viqorlari, hayotlik vaqtlarida lozim bo'lganidеk, rihlatdan kеyin xam lozimdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ning o'zlari, hadislari, sunnatlari, ismlari va siyratlari zikr qilinganda hurmatlarini joyiga qo'yish lozimdir.
Imom Qastaloniy aytadi: “Muborak mavlid oyining kеchalarini bayram qilgan insonga Alloh taolo rahm qilsin. Shoyadki, ushbu ishi uning qalbidagi kasallik va illatlarga davo bo'lsa".
Muhammad Mutavalliy Sha’roviyaytadilar:“Mavlidi sharifning ehtiromi uchun, har yili qalbimizdagi Nabiy sollallohu alayhi vasallamga bo'lgan sеvikli xotira ila shodu xurramlik va xursandchilikni ko'rsatishimiz haqli bo'ladi. Zеro, ushbu xursandchilik mavlidi sharifni nishonlash bilan bo'ladi".
Muhammadiyev Muhammadsolih
"Hidoya" o'rta maxsus islom
bilim yurti o'qituvchisi