Яратилиш санаси 15.02.2023

“Bilib qo’ygan foyda”

Inson biror lug’atni qidirmoqchi bo’lsa uni qanday topish yo’llarini bilishi kerak. Eng avvalo qisqa qilib buni izlash yo’lini o’rganamiz.

“Lug‘at” arabcha so‘z bo‘lib, biror tildagi so‘zlarni biror  tartibda (odatda alfavit tartibida) jamlab, izohlab yoki boshqa tilga tarjima qilishda foydalaniladigan manbadir. 

Markaziy Osiyoda Mahmud Qoshg‘ariy XI asrda turkiy qabila, urug‘ va elatlarning so‘zlarini bir kitobga joylagan  “Devonu lug‘atit turk” nomli lug‘atini tuzgan. 

Bu bir tilli izohli lug‘at bo‘lib, u har bir turkiy so‘zning ma’nosini hamda qaerda va qaysi xalq tomonidan qo‘llanishi haqida yozgan.

O‘zbekiston sharoitida u kitobdan olimlar, tilshunoslar, lug‘atshunoslar, geograflar, sotsiologlar foydalanib kelmoqdalar. 

Lug‘atlardan unumli foydalanish turlari:

Lug‘atdan foydalanish zarurati bo‘lganda, qidirilayotgan so‘z alfavit bo‘yicha joylashtirilgan so‘zlar orasidan topiladi. Bunda so‘zning yozilishiga, shakliga katta e’tibor berilishi kerak. 

Lug‘atlarda so‘zlarning qaysi 

so‘z turkumiga taalluqli ekani berilgan bo‘ladi. SHunga ko‘ra grammatik ma’lumotdan foydalana olish kerak.

Lug‘atlarda so‘zlar etimologiyasi ham berilgan bo‘ladi. Bunday holda so‘zlarning qaysi tildan olinganligi hususida habardor bo‘linadi.

Masalan, a-arab tilidan, r-ruscha, lat-lotincha, grek-grekcha, fors-forscha va hakozo.

Lug‘atda so‘zlarning qaysi sohaga taalluqli ekanini ham bilsa bo‘ladi. 

Masalan, biol-biologiya, arx-arxitektura, dip-diplomatiya, astran-astronomiya va boshqalar. 

Garchi har bir lug‘atda undan foydalanish uslubi berilgan bo‘lsa ham, badiiy matnni o‘qib o‘rganish va tarjima qilishda har bir lug‘at turidan, ya’ni ilmiy hamda nufuzli lug‘atlardan unumli foydalanishni bilish taqozo etadi.

Manbalar asosida “Hidoya” o’rta maxsus islom bilim 
yurti o’qituvchisi Shodiyev Yusufxon tayyorladi