Hajning hukmi
Hajning shartlari jamlangan har bir kishi uchun umrda bir marta haj qilmoq ijmo ila farzdir.
Hajning farzligiga Qurondan dalil: “Odamlardan yo`lini topganlariga Alloh uchun baytni haj qilmoq burchdir”. (Oli Imron 97)
Hajning farzligiga sunnatdan dalil: Payg`ambar salallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilindi: U zot aytdilar: “ey insonlar batahqiq sizlarga haj farz qilindi, bas haj qilinglar” shunda bir kishi: ey Allohni Rosuli har yilimi? Payg`ambar alayhissalom (zajran) sukut qildilar. U kishi shu savolni uch marta takrorladi. Payg`ambar alayhissalom: “agar ha dеsam batahqiq (har yilda) vojib bo`lib qoladi va hargiz (har yilda haj qilishga) qodir bo`lolmaysizlar”. Muslim rivoyati
Boshqa bir rivoyatda Payg`ambar alayhissalom: “haj (umrda) bir martadir. Kim ziyoda qilsa, u nafldir” dеdilar.
Abdullayev Azimjon
“Hidoya” o'rta maxsus
islom bilim yurti mudarrisi