Яратилиш санаси 02.03.2023
Hashviya firqasi
Hashviya firqasini muayyan firqa deb aytish qiyin. Chunki ular shar'iy dalillarni yaxshi tushunmaydigan turli guruhlar bo'lishgan.
Hashviya firqasi Qu'ron va sunnatda kelgan, zohiriy, Alloh taoloning maxluqlarga o'xshash ekaniga dalolat qiladigan dalillarni aynan o'shanday deb e'tiqod qilishga urinadigan firqa bo'lgan. Bu firqa turli xato qarashlari tufayli "hashviya" deb nomlanib qolgan.
Aslida حشو kalimasi "bir narsaning ichiga tiqilgan narsa" ma'nosini anglatadi. Ushbu firqaning bunday deb nomlanishiga uch xil qarash bor:
- Rasululloh sallollohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadislarning ichiga u zot aytmagan narsalarni kiritib qo'yishgani uchun "hashviylar" deb nomlanishgan.
- Ulug' tobeinlardan biri Hasan Basriy rahmatullohi alayhning dars xalqalariga avom roviylarning bir guruh insonlari kelib, u zotning huzurlarida yaroqsiz gaplarni gapirishgan shunda u zot
ردوا هؤلاء إلى حشا الحلقة ya'ni anavilarni dars xalqasining ichiga qaytarib qo'yinglar degan. Shu sababli ular "hashviylar" deb nomlangan.
- Bu firqa Alloh taolo haqida في حشو العلم ya'ni "olamning ichida" deganlari uchun "hashviylar" deb nomlangan.
Mirabdullayev Muzaffar
“Hidoya” o'rta maxsus
islom bilim yurti talabasi