Яратилиш санаси 03.03.2023

«Xizbut-tahrir al-islomiy» diniy tashkiloti

«Hizbut-tahrir al-islomiy» norasmiy siyosiylashgan diniy partiya 1953 yilda Isroilda paydo bo'ldi. Uning asoschisi Misrdagi «Al-Azhar» universitetini tamomlab, Quddus shahrida shar'iy shikoyat sudining a'zosi lavozimida ishlagan shayx Taqiyiddin Nabahoniy (1909-1979) bo'lib, lordaniyadagi «Al-ixvon al-muslimun» («Musulmon birodarlar») diniy-siyosiy ekstremistik tashkiloti rahbarlaridan biri edi («Al-Mavsua» 107-bet, Ar-Riyod). Aqidada ixvonlar bilan kelisha olmay, bu jamoadan ajralib chiqib, o'z qarashlarini quyidagi risolalarida bayon qiladi: «Islom nizomi», «Islomiy olamga qaynoq nidolar», «Hizbut-tahrirning tushunchalari» va boshqalar.

Partiya piramida shaklida tarkibiy tuzilma ko'rinishida tashkil topgan. «Doriis»lardan tarkib topgan «halqa»dagi 4-5 kishi guruh rahbari — mushrif»dan saboq oladilar. Ta'lim haftada kamida 1 marotaba o'tkazilishi shart. Halqa a'zolari bir-birlarini faqat ismi yoki taxallusi orqali biladilar. Tashkilotga a'zo bo'layotgan nomzod har qanday sharoitda ham hizb faoliyati haqidagi ma'lumotni sir saqlash haqida qasam ichadi. Mintaqaviy rahbar — «mu'tamad», butun dunyo bo'yicha «Hizbut-tahrir al-islomiy» harakati rahbari, ya'ni «amir» tomonidan belgilanadi va viloyat darajasida ishlaydigan «mas'ul» hamda tuman miqyosida faoliyat ko'rsatuvchi «musoid»ga rahbarlik qiladi. Tumanlar ham alohida hududlarga bo'linadi va 4 mushrifdan iborat «naqib» rahbarlik qiluvchi «mahalliy jihoz»ni tashkil etadi. Naqib o'ziga yordamchi «noib» va pul to'plovchi «tabarru'»ni tayinlaydi. Mahalliyjihoz 1 oyda kamida 1 marotaba to'planadi. Partiyaning har bir a'zosi o'z imkoniyatlari va asosiy mehnat faoliyati daromadi hisobidan 5-20% miqdorida soliq to'lashi majburiydir.

To'plangan pul mablag'i turli texnika jihozlari, aloqa vositalari xarid qilish hamda boshqa xizmat haqlarini qoplash, xorijdan keltirilayotgan adabiyot, audio-video kassetalar va ularning tarjimasi uchun haq to'lashga sarflanadi.

Bugungi kunda partiyaga Falastinning Xalil shahrida tug'ilgan Abdulqadim Zallum rahbarlik qilmoqda. Mazkur diniy tashkilot faoliyati 1982 yilda sezilarli darajada jonlandi. Tashkilot rahbarlarining asosiy qismi G'arbiy Yevropa davlatlarida faoliyat olib boradi. Partiya filiallari Misr, lordaniya, Tunis, Quvayt, bosib olingan arab yerlari hamda Turkiyada tarqalgan.

«Hizbut-tahrir al-islomiy» diniy tashkiloti ham vahhobiylar kabi davlat siyosiy boshqaruviga aralashishga, hukumatni to'ntarish yo'li bilan qo'lga kiritib, islom davlati o'rnatishga intiladi. Xalifalikni tiklashga da'vat etadi: «Musulmonlar uchun bitta xalifa saylashga harakat qilmaslik gunohi kabiralardandir. Clnmki bu narsa islomning eng muhim farzlaridan birini bajarishdan tiyilishdir» («Izzat va sharaf sari», 40-bet).

Vahhobiylar hukumatni qo'lga olishda ochiq kurash, ekstrcmizm, terror yo'lini tutsalar, «hizbchilar» g'oyaviy, mafkuraviy kurash uslubini qo'llaydilar. Ular besh kishidan iborat bo'lgan halqa-halqalarga bo'linib, mafkuraviy targ'ibot ishlarini olib boradilar. Bunday darslarda diniy ma'lumotlar yuzaki beriladi, fiqhiy masalalarga hatto e'tibor qaratilmaydi, yoshlar tarbiyasidagi ma'naviy bo'shliqdan foydalanib, ularning ongiga kerakli siyosiy fikrlarni joylashga urinadilar.

«Hizbut-tahrir al-islomiy»ning boshqa norasmiy diniy tashkilotlardan farqi hujumni asosan fikrga qaratadilar, ya'ni fikriy kurash olib borib, fikriy inqilobga erishish, islom davlati nizomini targ'ib etishdir.

«Hizbut-tahrir al-islomiy» tashkiloti o'z oldiga quyidagilarni maqsad qilib qo'yadi:

— tinch, osoyishta davlatda fuqarolar urushini boshlash;

— mamlakat iqtisodiy faoliyatini izdan chiqarish;

— millatlar va dinlararo nizolarni keltirib chiqarish;

— mamlakatga qurol-aslaha va narkotik moddalarni olib kirib, fuqarolarning tinch hayotiga rahna solish;

— mustaqil davlatni qurol-aslaha ishlab chiqaruvchi xorijiy mamlakatlarga qaram qilish.

Abdurashidov Abdulvahhob

Hidoya o'rta maxsus 
islom bilim yurti talabasi