Яратилиш санаси 03.03.2023

«Hizbut-tahrir al-islomiy» tashkilotining asosiy maqsadi

«Hizbut-tahrir al-islomiy» tashkilotining asosiy nazariy maqsadi ikki yo'nalishni o'z ichiga oladi:

1. Saqofiy. Partiya a'zolari islom niqobi ostida ekstremistik g'oyalar bilan yo'g'rilgan, g'arazli tushuntirish ishlarini olib boradilar va o'z g'oyalariga yetish uchun kishilarning ongida o'z partiyalari haqida tushuncha uyg'otishga harakat qiladilar. Bunda ular har bir shaxsning fikrlash doirasiga qarab o'z ta'limotlariga da'vat etadilar.

2. Siyosiy. Jamiyatda bo'layotgan vaqtinchalik qiyinchih'klar, tabiiy ofatlarni ko'rsatib, agar islomning sahih hukmlari bo'lganda edi bunday hodisalar ro'y bermas edi, kabi fikrlar bilan g'araz niyatlarini amalga oshirish. Ya'ni hujumlar fikrlarga qaratilmog'i lozim, natijada bu hujum fikriy kurashga, fikriy kurash o'z navbatida, fikriy inqilobga olib boradi. Fikriy inqilobning orqasidan esa hukm, nizom va boshqa aloqalarni o'zgartirib yuboradigan siyosiy inqilob keladi. Mana shu vazifani ado etgan avlodning o'zi hokimiyatga keladi.

Bu maqsadlarni amalga oshirish hamda olamda yuz berayotgan voqea-hodisalarga hizbning munosabatini bildirish uchun partiya 1989 yildan boshlab «Al-va'y» (Ong) nomli oylik jurnalni turli tillardagi tarjimasi bilan davomiy chiqarib kelmoqda. Xususan mazkur jurnalning o'zbek tilidagi 140 dan oshiq soni mamlakatimizda maxfiy ravishda tarqatilganligi ma'lum.

«Hizbut-tahrir al-islomiy» diniy tashkilotining kurash bosqichlari:

1. Tasqif — tushuntirish ishlari. Ongi to'liq shakllanmagan yoshlarni o'z tuzog'iga ilintirish. Fikri zaif, ta'sirga beriluvchan huquq-tartibot organlari, hokimiyatlardagi mas'ul shaxslarni o'z tarafiga og'dirish.

2. Tafoul — birgalikda harakat qilish, fikriy kurash orqali «Ummatning oyoqqa turishi, fikriy ongliligi va kelajak masalalarini idrok qilishga erishishi» yo'lida fikriy inqilobga yetishish.

3. Inqilob — to'ntarish, hukumatni yaratilgan ummat orqali qo'lga kiritish.

«Hizbut-tahrir al-islomiy» a'zolari ham boshqa diniy ekstremistik tashkilotlar kabi mavjud konstitusiyaviy tuzumni ag'darib tashlab, hokimiyatga kelishga intiladalar, yagona siyosiy, iqtisodiy va hududiy kenglik — xalifalik davlatini qurish ularning asosiy va so'nggi maqsadlari bo'lib hisoblanadi.

«Hizbut-tahrir»ning rasmiy faoliyat ko'rsatishi arab davlatlarida ta'qiqlangan. Ushbu partiyaning lordaniyadagi mas'uli shayx Ahmad ad-Daur 1969 yili hukumatni egallashda ayblanib qatl etilgan. Shuningdek, partiyaning 32 a'zosi Misrda sudlanganligi ma'lum.

Nabahoniy Taqiyiddin keyingi davrlardagi musulmon diyorlari hukmdorlarini ham xalifa va ular boshqargan davlatni xalifalik davlati deb aytadi va barcha musulmonlar yaxlit bir davlatdagi yagona bir hukmdor — xalifaga bo'ysunishlari vojib deb ta'kidlaydi. Shuningdek, Usmonli Turk imperiyasining so' nggi sultoni Abdulhamid II ni oxirgi xalifa va uning saltanati tugagan 1924 yildan buyon yer yuzidagi musulmonlar uchun xalifa saylashlik vojib degan g'oyani ilgari suradi. Ushbu da'vo yuqorida ta'kidlangan hadisning so'ziga ham amaliga ham zid ekanligidan tashqari yana quyidagi sabablarga ko'ra asossizdir:

Birinchidan: Agar 1924 yilda tugatilgan Usmonli Turk imperiyasi so'nggi xalifalik deb atalsa, ushbu imperiya, boring, ana undan awalgi umaviylar, abbosiylar, fotimiylar saltanati davrida qanchadan-qancha aholisi musulmon bo'lgan o'lkalar mazkur davlatlar tasarrufida bo'lmagan. Alalxusus, Movarounnahr va Xuroson yerlaridagi turli davrlardagi qator davlatlar asosan mustaqil davlatchiligini yurgizganligi tarixdan ma'lum. Ular hech bir zamonda umaviylar va ilk abbosiylar davridan tashqari N.Taqiyiddin ta'kidlagan «xalifalik» tasarrufiga kirgan ham, unga bo'ysungan ham emas. Agar musulmonlar uchun bir davlatda bir hukmdor qo'l ostida hayot kechirish vojib sanalsa, mazkur davlatlardagi musulmonlarning e'tiqodi buzuq sanalarmikin? Bu kulgili va ayni chog'da kishilar nafratini qo'zg'atuvchi, qolaversa, o'tmishdoshlarimizga bo'lgan behurmatlikdan boshqa narsa emas.

Ikkinchidan: Ali ibn Abu Tolib — Payg'ambarning jiyani, kuyovi, Badr jangi ishgirokchisi (ya'ni awalu oxir gunohi kechirilgan), jannatga bashorat etilgan o'n sahobaning biri o'z davrlarida musulmonlar tinchi va osoyishtaligini ko'zlab, xalifalikni ikkiga bo'lish tadbirini amalga oshirdi. Agar musulmonlar uchun bir davlatda bir hukmdor qo'l ostida hayot kechirish vojib sanalsa, birinchi navbatda bu vojibga hazrat Ali amal qilgan bo'lmasmidi?! Vaholanki, «Hizbut-tahrir» xalifalik davlati tiklanmas ekan, musulmonlarning ibodati ibodat, iymoni iymon emas deb qaraydi. Bundan tashqari bugungi demokratik-huquqiy davlatdan beqaror xalifalik davlatini tiklashni vojib sanaydilar. Nega biz beqaror xalifalik deya ta'kidlamoqdamiz? Sababi bugun din niqobi ostida siyosiy hokimiyat ilinjida yurganlar faqat «Hizbut-tahrir»ning o'zi emas. Ular turli mamlakatlarda mavjud hokimiyatni ag'darguncha birlashadilar, so'ng aslo o'zaro kelishmaydilar. Buning yorqin misoli Afg'oniston. 

Uchinchidan: Payg'ambarimiz nega o'zlaridan kcyin o'rinbosar — xalifa bo'lishi lozimligi haqida ko'rsatma berdilar? Bundan maqsad nima edi? Har qanday jamiyat uchun har bir davrda boshliq, rahbar bo'lishligi zaruriy hodisa. Xalifadan maqsad, jamiyatni boshqarish uchun boshliq bo'lishini ta'minlash edi, deyilsa, xato bo'lmasa kerak. Bugun o'zini islom davlati deya e'lon qilgan davlatlar bor, ularning ba'zilarida Qur'on Konstitusiya sifatida qabul qilingan. Agar Turk sultonligi xalifalik deb atalsa, Saudiya Arabistoni Podshohligini ham shunday deb atash mumkin. Ammo, yuqorida ta'kidlangan xalifadan maqsad boshliq ekanligidan xulosa qilinsa, «xalifami», «podshohmi», «sultonmi», «prezidentmi», maqsad bir xalqqa boshchilik qiluvchi rahbarning bo'lishligi zaruriyatidir. Ammo, har bir davlat ahli qanday tuzumda hayot kechirishni awalo o'zi hal qiladi. Qolaversa, islom shariatida rahbarga osiylik qilish qattiq jazoga loyiq hisoblanadi.

Oyat mazmuni: «Ey mo'minlar, Allohga, Payg'ambariga va o'zlaringizdan bo'lgan boshliqlarga itoat qilinglar» («Niso» surasi, 59-oyat).

Qur'oni Karimda bu boshliqlarni tayinlash saylov asosida bo'ladimi, tanlov asosida bo'ladimi, hech qanday aniq belgisi keltirilmagan. Ammo, mufassirlar va islom ulamolari har qanday rahbarga itoatsizlik qilish ushbu oyatga ko'ra osiylik hukmida bo'lishligini ta'kidlaganlar.

To'rtinchidan: Yer yuzida yagona bir xalifalik davlatini tiklash g'oyasidan oldin voqelikka teran nazar tashlaylik. Fuqarolari musulmon bo'lgan davlatlarni qo'ya turing, ikki musulmon arab mamlakatini birlashishi hozirgi kun uchun sog'lom fikrmi? 1958 yil tili, dini bir, milliy urf-odatlari deyarli yaqin, chegaradosh Misr va Suriya mamlakatlari o'rtasida Birlashgan arab respublikasi degan mamlakat tuzildi. Ammo bu ikki xalq qanchalar bir-biriga yaqin bo'lmasin, bu ittifoq uch yildan ortiq yashay olmadi. Bu aniq tarixiy voqelik. «Hizbut-tahrir» g'oyasi esa marksistlarning kommunizm qurishdek bir xom hayolidir.

Beshinchidan: «Xalifalik mendan so'ng ummatim ichida 30 yildir, undan so'ng podshohlik bo'ladi» (Imom Ahmad «Musnad»i, Imom Termiziy «Sunan»i, Abu Ya'lo, Ibn Hibbonlar sahoba Safiyna orqali rivoyat qilingan sahih hadis), deb bashorat qilgan edilar. Payg'ambarning bashoratlarini tarix isbotladi. Xulafoi roshidiynlar Abu Bakr as-Siddiq (632-634), Umar ibn al-Xattob al-Foruq (634-644), Usmon ibn Affon (644-656), Ali ibn Abu Tolib (656-661) 30 yil davomida islom g'oyalari asl holda saqlanib qolishiga bor umrlarini baxshida etdilar. Xalifalik Rasul akram (s.a.v.) vafot etgan zamonlarida zarar edi. Zero, islomni endi qabul qilgan, iymonlari mustahkam bo'lmagan musulmonlar ko'p bo'lib, ular Payg'ambar vafotini islom ning inqirozi deb tushunib, dindan qaytishlari mumkin edi. Shuning uchun u kezda bir kun ham xalifasiz yashashlik ahli islom uchun joiz emas edi. Tarixga bir nazar solsangiz, o'sha 30 yil davom etgan «xulafoi roshidiynlar* davridan keyingi xalifaliklar, amirliklar va podshohliklar faqat mulku saltanat, toju-taxt talashish, musulmonlar qonini to'kish, notinchlik keltirgan.

Yuqoridagilardan xulosa qilinsa, «Xizbut-tahrir»ning g'oyasi islom ta'limotidan uzoq, demokratik-huquqiy davlat konsti-tusiyasiga zid, kishilarni e'tiqodini demokratik o'lkalardagi, alalxusus, yurtimizdagi vijdon erkinligini suiiste'mol etib, siyosiy hokimiyatga intilishdir.

Bunday partiya va oqimlar siyosiy beqarorlik, iqtisodiy tanazzul eng muhimi birodarkushlik, xunrezlik sababchilaridir.

Nishonov Ubaydulloh

Hidoya o'rta maxsus 
islom bilim yurti talabasi