Яратилиш санаси 03.03.2023

«Nur»chilar jamoasi

Asoschisi turkiyalik Said Nursiy bo'lib, asl maqsadi mavjud hokimiyat uchun qarshi chiquvchi o'ta diniy — mutaassib kishilarni tarbiyalash. Badiuzzamon Said Nursiyning shogird-lariga bergan mashhur darslari risolalar tarzida chop etilib, ba'zilari to'g'ridan-to'g'ri darsning raqami — masalan, «Yigirma beshinchi dars» deb ataladi. 

Oqim adabiyotlarining mazmuni o'ta falsafiy mushohada va tamsillardan iborat bolib, ba'zi jihatlarda chalkashlik mavjud. Xuddi shu jihati bilan oqim raxbarlari o'z a'zolarining ushbu falsafiy fikrlarni yecha bilish uchun hayot tajribasiga ega bo'lishi kerak degan da'vo bilan, islomiy qonun-qoidalarni hayotga tadbiq etish zarurati g'oyasini singdiradilar. Bu o'rinda yana bir narsaga e'tibor qaratish lozimki, oqim vakillari o'zlariga yangi a'zoni jalb etishda birinchi navbatda «Nur»chilar jamoasi faoliyati siyosatdan uzoq degan fikrni beradilar. Aslida bu bir niqob bo'lib, ularning faoliyati negizida siyosatga aralashuv yotadi.

Ushbu oqim g'oyalarining yurtimizga kirib kelishi 1992 yildan boshlab kuzatilgan. Dastlab oqim g'oyalari turkiyalik ekstre-mistlarning moddiy va ma'naviy ko'magi da yetkazilgan. Oqim, ayniqsa, Termiz va Denov shaharlarida kengroq tarqalgan. Jumladan, Termizda «Nur»chilar yig'iladigan manzil aniqlanib, lozim bo'lgan choralar ko'rilgan. Ayni damda ular maxfiy tarzda harakat olib bormoqdalar.

Ellikboyev Husanboy

Hidoya o'rta maxsus 
islom bilim yurti talabasi