Яратилиш санаси 25.11.2022

Vahhobiylik

Vahhobiylik XVIII-asr o'rtalarida Arabiston yarim orolining markaziy qismi hisoblanmish Najd viloyatida islom dinining sunniylik yo'nalishidagi hanbaliya mazhabi ta'limoti asosida paydo bo'lgan.

Uning asoschisi Muhammad ibn Abduvahhob hisoblanadi. U 1703 - yilda tug'ilib 1791 -yilda vafod etgan.Muhammad ibn Abduvahhob qozi oilasida tarbiya topgan.

Muhammad ibn Abduvahhobning ekstremistik faoliyati XVIII -asrning o'rtalarida avj olgan Vahhobiy ta'limotining asosini <<sof tavhid>> g'oyasi, faqat Allohning yagonaligini tan olish tashkil etadi. Vahhobiylar payg'ambar, avliyolarning shafoatlaridan umidvor bo'lishi, <<muqaddas qadamjo>>larga ziyorat etishni rad qilib tasavvufni tan olmaydilar. 

Shuningdek, ularning etiqodlariga ko'ra suratga tushish, marhumlar ruhiga tilovatlar o'qish, hayri ehson qilish kabilar ham nojoiz hisoblanadi. Bu oqim tarafdorlari ipak kiyim kiyish, tasbehdan foydalanish, qoshiq, musiqa, teatr, kino, tasviriy san'at va umuman olganda, ma'naviy madaniyat taraqqiyotiga qarshi bo'lgan. Qayd etish joizki, vahhobiylar o'zlari zulm o'tkazgan xududlarga barcha musulmon aholisiga o'z mafkurasini majburan sindira olmagan. Ularning o'ta tor mutaassib ta'limoti xalqning qattiq qarshiligiga uchragan. Imom G'azzoliy aytadilar: <<Diniy mutaassiblar dindan foydalangan holda kishilarga xujum qiladigan katta yo'ldagi qaroqchilardir>>

Vahhobiylar tarafdorlari XVIII-asr oxiri va XIX-arsning birinchi choragida batamom qirib tashlangan. 

Ahmadullayev Izzatullo

"Hidoya" o'rta maxsus islom
bilim yurti talabasi