KITOBXONLIK – JAHOLATGA QARSHI QUROL
Hozirgi globallashuv sharoitida jahon miqyosida bo’layotgan ijobiy va salbiy o’zgarishlar mamlakatimizda yashovchi xalqlarning mafkuraviy immunitetini bir tizim shaklida shakllantirish va ularning hayotiy bardoshlilik qobiliyatlarini oshirish orqali o’zligini saqlab qolish va rivojlantirish masalasini kun tartibiga qo’ymoqda. Mamlakatimizda mafkuraviy immunitet tizimining obyektini 33 millionga yaqin o’zbek xalqi, uning subyektini esa ana shu xalq vakillari tomonidan mafkuraviy bilim, his-tuyg’u, iroda ko’nikma, malakaga ega bo’lgan shaxslar, ijtimoiy guruhlar tashkil etadi. Shu tariqa o’zbek xalqi real makon va zamonda bir tomondan mafkuraviy immunitet tizimining obyekti, ayni vaqtda o’ziga xos bo’lgan bilim, ko’nikma, iroda, malakalariga qarab subyekti hisoblanadi.
Mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirish va rivojlantirish vositalari juda ko’p, shular ichida kitobxonlik alohida ajralib turadi. Bu xususda mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev: “Inson ma’naviy olamini boyitishda ulkan ta’sirga ega bo’lgan kitob haqida so’z ochilgan ekan, shu bilan bog’liq muhim bir masalaga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Ya’ni, bugungi kunda jamiyatimizda kitobxonlik darajasi qanday? U bizni qoniqtiradimi? Kim keyingi paytda qaysi kitobni o’qidi, farzandimizga qanday kitob olib berdik?
Afsuski, ko’p xollarda bu savollarga ijobiy javob berishimiz qiyin. Odamlarning ongu tafakkuri, dunyoqarashini o’zgartirish, ma’naviy saviyasini yuksaltirish haqida ko’p gapiramiz. Asosan bu borada eng oddiy va ayni paytda eng ta’sirchan vosita – bu kitob emasmi?
Men shunga aminman – kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma’naviyatga erishib bo’lmaydi. Kitob o’qimagan odamning ham, millatning ham kelajagi bo’lmaydi.
Mehmonov Jahongir
"Hidoya" o'rta maxsus islom
bilim yurti 1-kurs talabasi