QANDAY QILIB SHAYTONDAN SAQLANASIZ?
☝️ Banda shaytondan to‘rt narsa bilan najot topishi mumkin:
✅ Birinchisi – Doim Allohning zikrida bo‘lish.
Alloh taolo aytadi: “Ogoh bo‘lingizki, Allohni zikr etish bilan qalblar orom olur”📜 (Raʼd surasi, 28-oyat);
“Bas, Meni yod etingiz, men ham sizlarni yod eturmen” 📜 (Baqara surasi, 152-oyat).
📖 Ibn Abbos roziyallohu anhu aytdilar: “Shayton bandaning qalbiga tazyiq o‘tkazadi. Banda Allohni zikr qilsa, pusib ketadi, g‘aflatda qolsa, vasvasa qiladi”.
☝️ Banda shaytondan faqat yolg‘iz Allohning zikri bilan najot topishi mumkin. Zikr – eng katta himoyadir. U mo‘minlarning quroli, avliyolar shiori, obidlar qo‘rg‘oni, oriflar qilichidir.
Kim Allohning zikriga odatlansa, Alloh uni saqlaydi, himoya qiladi. Kim Allohning zikridan g‘ofil bo‘lsa, shayton tuzog‘iga tushib qoladi.
✅ Ikkinchisi – tahorat.
☝️ Shayton nopok odamlarga ko‘p zarar beradi. U xaroba, toza bo‘lmagan hovlilirni, Allohni tanimaydigan qalblarni o‘ziga maskan qilib oladi. Shayton iflos narsalarni yaxshi ko‘radi, nopok odamlarga o‘ralashib yuradi. Kim tahoratga, poklikka odatlansa, shaytondan himoyalangan bo‘ladi, iblis undan uzoqlashadi. Jin chalgan insonlarga eʼtibor qilsak, ularning aksari poklikdan uzoq insonlar ekanini ko‘ramiz. Shayton ham jinlardandir. “u jinlardan edi. Bas, Parvardigorining amriga bo‘ysunishdan bosh tortdi”📜 (Kahf surasi, 50-oyat).
✅ Uchinchisi – solih suhbatdosh, yaʼni namozxon dustlar.
☝️ Ular masjid ahli, Qurʼon ahli, sunnat ahlidir. Bunday suhbatdoshlar shaytonga qarshi urush qilib, sizga yordam beradi. Mo‘min inson jamoatdan ajrab qolmaydi. Zero, “bo‘ri to‘dadan ajrab qolgan qo‘yni yeydi”. Agar musulmon osiy to‘dalarga oshno bo‘lsa, avliyolar yo‘liga ters yursa, payg‘ambarlar yo‘lida to‘xtab qolsa, ibodati va irodasidan ajraydi. Allohning dinidan yuz o‘girgani uchun Allohning g‘azabiga va laʼnatiga duchor bo‘ladi.
✅ To‘rtinchisi – gunoh, fahsh ishlarni tark etish, istig‘forni ko‘paytirish, tavba qilish va Allohga qaytish.
☝️ “Ular biror fahsh ish qilib qo‘ysalar yoki o‘zlariga zulm qilib qo‘ysalar, (darhol) Allohni eslab, istig‘for aytadilar. Vaholangki, gunohlarni faqat Allohgina mag‘firat etar. Yana bila turib qilmishlarida davom etmaydigan kishilardir” (Oli Imron surasi, 135-oyat).📌
Ismoilov Muhammaddiyor
"HIDOYA" Oʻrta Maxsus Islom
bilim yurti 52-guruh talabasi